O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida Amir Temur tavalludining 685-yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida Amir Temur tavalludining 685-yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
Tadbirni Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Eldor Shermonov olib bordi. Yig‘ilganlarga sohibqiron hayoti, faoliyati, davlatchilik, harbiy strategiyasi borasidagi tajribalari haqida maʼlumotlar berildi.
O‘rta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi Amir Temur 1336-yil 9-aprelda Kesh (hozirgi Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xoja Ilg‘or qishlog‘i (hozirgi Yakkabog‘ tumani)da tug‘ildi. Uning to‘liq ismi Amir Temur ibn Amir Tarag‘oy ibn Amir Barqul.
O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida Amir Temur tavalludining 685-yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
Uning otasi amir Muhammad Tarag‘ay barlos ulusiga mansub beklardan, bahodir jangchi, ulamoyu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi bo‘lgan.
Amir Temurning yoshligi haqida maʼlumotlar kam uchrasa-da, ayrim manbalarga qaraganda, u yoshligida xat-savod chiqarib, o‘z davrining tibbiyot, riyoziyot, falakiyot, meʼmorchilik va tarix ilmlarini o‘rgangan.
Amir Temur bilan suhbatlashish sharafiga muyassar bo‘lgan buyuk arab faylasufi Ibn Xaldun jahongir turk, arab, fors xalqlari tarixini, diniy, dunyoviy va falsafiy bilimlarning murakkab jihatlarigacha yaxshi o‘zlashtirganini taʼkidlaydi. Buyuk ajdodimiz – Sohibqiron Amir Temur nafaqat o‘zbek xalqining, balki adolat deb yashagan, yashayotgan, yashaydigan insoniyatning qalbidan chuqur joy olgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida Amir Temur tavalludining 685-yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
Sohibqiron tavalludining 685-yilligiga bag‘ishlangan konferensiyada temurshunos olim Komiljon Sultonov ishtirok etib, Amir Temurning diniy va dunyoviy qarashlari, bu boradagi ilmiy yetukligiga eʼtibor qaratdi. Amir Temur davrida tashkil etilgan kuchli davlatchilik, ilm, fan taraqqiyoti haqida maʼlumotlar keltirildi. Shu yerning o‘zida Komiljon Sultonovning endigina nashdan chiqqan “Sohibqiron Amir Temurning maʼnaviy jasorati” kitobining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Ushbu asarning sohibqiron to‘g‘risidagi maʼlumotlarni kelgusi avlodlarga yetkazishdagi ahamiyatiga eʼtibor qaratildi. Milliy merosning yorkin namunasi bo‘lgan bu kibi asarlar xalqimizni o‘zi istagan usul va uslubdagi davlatni barpo etgan Amir Temur va Temuriylar saltanatining hozircha fanda to‘liq o‘rganilmagan qirralarini ochishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida Amir Temur tavalludining 685-yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
Respublikamiz mustaqillikka erishgunga qadar Amir Temur shaxsi va faoliyatiga adolatsizlik bilan yondoshilib, bir yoqlama baho berilib kelindi. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng bunday qarashlarga barham berildi. Amir Temurning jahon tarixida tutgan o‘rni o‘z joyiga qo‘yila boshlandi. O‘zbekistonda uning faoliyatini o‘rganishga va uni ommalashtirishga keng yo‘l ochildi. Sohibqironning nomi O‘zbekistonda abadiylashtirildi. Ko‘plab shahar va qishloqlardagi shoh ko‘chalar, maydonlar, maktablar, kinoteatrlar va boshqa inshootlar uning nomi bilan ataldi. Toshkent, Samarqand, Shahrisabz va boshqa shaharlarning markaziy maydonlarida Amir Temurga haykal o‘rnatildi, Toshkentdagi Amir Temur xiyobonida Temuriylar davri muzeyi barpo etildi (1996), Amir Temur ordeni taʼsis etildi (1996) va Xalqaro Amir Temur jamg‘armasi tashkil qilindi (1995). Amir Temur haqida ikki qismdan iborat badiiy film, spektakllar va sheʼriy hamda nasriy asarlar yaratildi.
O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida Amir Temur tavalludining 685-yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
Toshkent, Samarqand va xorijiy mamlakatlarda YUNESKO rahbarligida hazrat Sohibqiron tavalludining 660-yilligi keng nishonlandi (1996). Amir Temur koldirgan boy moddiy madaniy meʼros bugungi kunda nafakat mamlakatimiz, shuningdek, xalqaro hamjamiyat tomonidan ham yuksak baholanib, 50 dan ortiq tilda 1500 dan ziyod nomdagi asarlar nashr kilingan. Janubiy Koreyada sohibkiron hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan Amir Temur tarixi kitobi chop etildi. Bundan tashkari 2015-yilda chex tarixchisi Tomas Teplikning Yevropa diplomatiyasi kitobi nashrdan chikdi. Asarda Yevropaga ilk marta eshik ochgan mohir strategik va buyuk siyosatchi sohibqiron diplomatiyasiga keng o‘rin berilgan va uning tashqi faoliyati xaqida mufassal fikr yuritilgan.
Tadbirda Amir Temur hayoti va ijodini yanada chuqurroq o‘rganish, institut jamoasi ishtirokida spektakl tayyorlash borasida takliflar bildirildi. Tavsiyalar ishlab chiqildi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print