О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshevning Qoraqalpogistonga tashrifi

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshevning Qoraqalpogistonga tashrifi
Joriy yilning 2-3 iyun kunlari О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshev О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialiga tashrif buyurdi. Dastlab institut rektori bu yerda mazkur filial talabalarining turli fanlar bо‘yicha tanlov, sport musobaqalarida erishgan yutuqlari bilan tanishdi.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshevning Qoraqalpogistonga tashrifi
Shundan keyin filialda professor-о‘qituvchilar hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni kо‘zdan kechirdi. Shu kunning о‘zida institut rektori filial professor-о‘qituvchilari bilan uchrashdi.О‘zaro muloqot chog‘ida filial ilmiy salohiyatini oshirish,talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlashda qо‘llaniladigan о‘quv qо‘llanmalarini yaratish,yosh izlanuvchilarni qо‘llab-qо‘vvatlash bо‘yicha о‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori tashrifi chog‘ida filial talabalari bilan uchrashdi.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshevning Qoraqalpogistonga tashrifi
Uchrashuvda yurtimizda о‘qiyman, о‘z qobiliyatimni namoyon etaman degan yoshlar uchun barcha sharoitlar yaratilganiga yana bir bor e’tibor qaratdi. Talabalar о‘rtasida turli tanlovlar tashkil etish, ustoz-shogird an’analarini davom ettirib, ilmiy maqolalar yaratish, respublika hamda xalqaro tanlovlarda qatnashib, filial nufuzini yanada oshirish borasida о‘z fikrlarini bildirdi.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshevning Qoraqalpogistonga tashrifi
Shu kunning о‘zida О‘zDSMI rahbariyati Nukus shahridagi Sovitskiy nomidagi muzeyga tashrif buyurib, muzey rahbariyati bilan kelgusidagi о‘zaro hamkorlik bо‘yicha kelishib olishdi.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshevning Qoraqalpogistonga tashrifi
3 iyun kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti delegatsiyasi Mо‘ynoq tumanida bо‘lishdi. Mо‘ynoqqa kiraverishda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, ushbu oliy о‘quv yurtining Nukus hamda Farg‘ona mintaqaviy filiallari tomonidan “Qо‘qon bog‘i” barpo etilgan.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshevning Qoraqalpogistonga tashrifi
Mazkur bog‘ 2018 yilda bunyod qilingan bо‘lib,bu yerga dekorativ hamda mevali daraxt kо‘chatlari ekilgan. Doimiy ravishda olib borilgan parvarishlash ishlari natijasida bog‘dagi mevali va manzarali daraxtlar baravj rivojlanib, hududga о‘zgacha gо‘zallik kashf etgan.
Xabaringiz bor, О‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yilning 25 dekabr kuni mamlakatimiz yoshlari bilan videoselektor tarzida о‘tkazilgan О‘zbekiston yoshlari forumida har bir tumandan madaniyat va san’at yо‘nalishi bо‘yicha 5 nafardan о‘g‘il-qizni imtiyozli ravishda oliy о‘quv yurtiga о‘qishga qabul qilish g‘oyasini ilgari surgan edi.
Ushbu topshiriq ijrosi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 85 nafar, Xorazm viloyatidan esa 65 nafar yoshlarО‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialiga qabul qilinib,ayni paytda ular о‘qishni davom ettirishyapti.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshevning Qoraqalpogistonga tashrifi
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshev hamda mazkur institutning Nukus filiali direktori Amanjol Ayapovlar Mо‘ynoq tumanidan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida tahsil olayotgan 5 nafar talabaning ota-onalari bilan uchrashdi. Bо‘lib о‘tgan muloqotlar chog‘ida institut rektori mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida gapirdi.
Yoshlarning ota-onalarini farzandlari talabalik baxtiga muyassar bо‘lganligi bilan qutladi. О‘g‘il-qizlarni kelgusida yurtimiz madaniyati va san’ati rivoji uchun munosib xizmat qiladigan yetuk kadrlar bо‘lib yetishishlarini tiladi.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshevning Qoraqalpogistonga tashrifi
Shundan keyin О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshev Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyining filiali Mо‘ynoq ekologiya muzeyida bо‘ldi. Bu yerda mehmonlar Orol dengizining о‘tmishi va bugungi kuni, hududning hayvonot dunyosi, baliq zavodining о‘sha davrdagi kо‘rinishi singari qator eksponatlar bilan tanishdilar.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print