О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rahbariyati, professor-о‘qituvchilarining Zangiota tumanidagi 2-umumta’lim maktabiga tashrifi

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rahbariyati, professor-о‘qituvchilarining Zangiota tumanidagi 2-umumta’lim maktabiga tashrifi
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bilan Zangiota tumanidagi 2-umumta’lim maktabi о‘rtasida о‘zaro hamkorlik yо‘lga qо‘yilgan. Ushbu aloqalar doirasida bugun institut rahbariyati, professor-о‘qituvchilari mazkur oliy ta’lim muassasasiga maktab bitiruvchilarini qutlash maqsadida tashrif buyurishdi.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rahbariyati, professor-о‘qituvchilarining Zangiota tumanidagi 2-umumta’lim maktabiga tashrifi
Sо‘zga chiqqanlar tomonidan farzandlarimizni san’at, madaniyat dunyosiga oshno etish maqsadida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar, о‘g‘il-qizlarni har tomonlama bilim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar haqida fikrlar bildirildi.E’tirof etildiki, bitiruvchi yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 2016-yilda 9 foizni tashkil qilgan bо‘lsa, ushbu kо‘rsatkich 2020- yilga kelib 25 foizga yetdi. Joriy yilda esa uni 28 foizga, 2030-yilga borib 50 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rahbariyati, professor-о‘qituvchilarining Zangiota tumanidagi 2-umumta’lim maktabiga tashrifi
Bu ham yoshlarni oliy ta’limga qamrab olish borasida davlatimiz tomonidan qilinayotgan ishlarning amaliy natijasidir. Tadbirda о‘g‘il-qizlarga kelgusi mustaqil hayotda munosib о‘rinlarini topishlariga omadlar tilandi. Maktab ta’limini muvoffaqiyatli tugatganlari bilan bitiruvchi о‘quvchilar yana bir bor qutlandi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print