O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti professori Munavvara Abdullayeva ijodiy kechasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti professori Munavvara Abdullayeva ijodiy kechasi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida Teatr sanʼati fakulteti “Musiqali, dramatik teatr va kino sanʼati” kafedrasi professori – Munavvara Abdullayeva ijodiy kechasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni institut rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yo‘ldoshev kirish so‘zi bilan ochib, M.Abdullayevaning ijod yo‘li, institutdagi faoliyatiga to‘xtaldi. Ijodiy uchrashuvda “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvonlari sohiblari, yurtimizning el ardog‘idagi madaniyat va sanʼat namoyondalari, M.Abdullayevaning shogirdari ishtirok etishdi.
O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti professori Munavvara Abdullayeva ijodiy kechasi bo‘lib o‘tdi
Munavvara Abdullayeva 1950 – yil Marg‘ilon shahrida tavallud topgan.
U 1975-yilda A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik sanʼati institutining “Dramatik teatr va kino aktyorligi” bo‘limini bitirib, “Aktyorlik mahorati va rejissura sanʼati” kafedrasida ishlay boshlagan. 50 yillik mehnat faoliyatiga ega yetuk professor hozirga qadar O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida yoshlarga saboq berib kelmoqda.
O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti professori Munavvara Abdullayeva ijodiy kechasi bo‘lib o‘tdi
M.Abdullayeva so‘nggi yillarda institut, Respublika va Xalqaro miqyosida o‘tkazilib kelinayotgan anʼanaviy ilmiy-amaliy konferensiyalarda qator mavzular bo‘yicha ilmiy maqolalari bilan qatnashib kelmoqda. M.Abdullayeva shuningdek, xorijiy davlatlarda chop etiladigan bosma nashrlarda ham o‘z maqolalari bilan faol ishtirok etib kelyapti.
O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti professori Munavvara Abdullayeva ijodiy kechasi bo‘lib o‘tdi
Tajribali ustoz O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, sanʼat va madaniyat yo‘nalishidagi barcha kollej va litseylar uchun aktyorlik mahorati fanidan “Aktyorlik mahorati saboqlari” o‘quv – metodik qo‘llanmasi, magistratura mutaxassisligi uchun “Dramatik teatr va kinoda aktyorlik mahorati” Munavvara Abdullayeva O‘zbek davlat milliy akademik teatrida Maqsud Shayxzodaning “Mirzo Ulug‘bek, Uyg‘un va I.Sultonning “Alisher Navoiy”, A.Qodiriyning “Mehrobdan chayon”, E.Xushvaqtovning”Chimildiq”, ”Qirmizi olma”, ”Andishali kelinchak” singari 10-ga yaqin spektakllarni sahnalashtirdi. Bundan tashqari O‘zbek davlat drama teatri, Respublika Satira teatri, Respublika yosh tomoshabinlar teatri, Samarqand viloyat musiqali drama teatrlarida ham 10 ga yaqin spektakllarni sahnalashtirgan.
O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti professori Munavvara Abdullayeva ijodiy kechasi bo‘lib o‘tdi
70 yoshni qarshilagan mehribon ustoz O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida yoshlarga saboq berish bilan birga ijodiy jarayonlar bilan ham mashg‘o‘l. O‘tgan davr davomida Munavvara Abdullayeva institutda o‘zbek hamda jahon adabiyoti namunalaridan bo‘lgan 23 ta asar bo‘yicha sahnalashtirish ishlarini olib bordi. M.Abdullayeva talabalarning maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyasiga eʼtibor bergan holda, o‘zi tahsil berayotgan har bir kurs talabalari bilan Toshkent viloyati va Toshkent shahar Mehribonlik uylariga, Maxsus maktab-internatga borib, ijodiy tadbirlar o‘tkazib kelmoqda. Talabalar bilan ishlash, ularning har birini ijodiy xarakterini ochib berish, sahnaviy asarlarni o‘zi yaratgan maktab bo‘yicha to‘g‘ri talqin qilib, talabalarga chuqur bilim berish kabi qobiliyatga ega va har bir talabasini kelajakda teatr va kino sanʼatini yana-da yuqori pog‘onalarga ko‘tarishga qodir mutaxassislar etib tarbiyalashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti professori Munavvara Abdullayeva ijodiy kechasi bo‘lib o‘tdi
M.Abdullayevadan saboq olgan shogirdi O‘zDSMI Farg‘ona mintaqaviy filiali direktori, professor Sh.Usmonov tashrif buyurdi. Sevimli ustozdan saboq olgan yana ko‘plab talabalar hozirda poytaxt va viloyat teatrlari, O‘zbekiston kino, televideniye, radiosida ijod qilib kelmoqdalar va ular bugungi ijodiy kechaning faol ishtirokchilari bo‘lishdi.
O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti professori Munavvara Abdullayeva ijodiy kechasi bo‘lib o‘tdi
Teatr sanʼati fakulteti bilan M.Abdullayevaning shogirdlari hamkorligida tashkil etilgan tadbirda ustozlari shaʼniga iliq so‘zlar aytildi, sheʼrlar o‘qildi, qo‘shiqlar ijro qilindi, qiziqchilar tomonidan turli sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Yillar davomida olib borilgan tinimsiz izlanishlari o‘z samarasini berib M.Abdullayeva 2017- yili professor ilmiy unvoniga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti professori Munavvara Abdullayeva ijodiy kechasi bo‘lib o‘tdi
Yoshlarga kasb mahoratini o‘rgatish, mehnatga halol va vijdonan yondoshganligi inobatga olinib, Munavvara Abdullayeva davlatimizning yuksak mukofoti O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print