О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti jamoasi uchun yana bir qulaylik yaratildi

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti jamoasi uchun yana bir qulaylik yaratildi
Bugun О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hududida yangi avtoturargoh foydalanishga topshirildi.Uning ochilishi katta voqelikka aylanib ketdi.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti jamoasi uchun yana bir qulaylik yaratildi
Mazkur inshoot bayramona bezatilib, san’atkorlar tomonidan kuylar ijro qilindi. Institut rektori Ibrohim Yо‘ldoshev, ushbu oliy о‘quv yurtida uzoq yillar faoliyat olib borgan, el ardog‘ida bо‘lgan professor-о‘qituvchilar tomonidan lenta kesilib, avtoturargoh tantanovor ravishda foydalanishga topshirildi.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti jamoasi uchun yana bir qulaylik yaratildi
–“Bugungi kunda xalq davlatga emas, davlat xalqqa xizmat qilishi mamlakatimiz siyosatining ustuvor yо‘nalishlarida biri etib belgilangan. Mazkur inshootning foydalanishga topshirilishi ham ushbu say-harakatning amaldagi isbotidir”,–dedi О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev avtoturargohning ochilishiga bag‘ishlangan marosimda.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti jamoasi uchun yana bir qulaylik yaratildi
–“Keyingi paytlarda poytaxtimizda avtotransport vositalari soni keskin oshib boryapti”,– deydi biz bilan suhbatda “О‘zbekiston Respublikasi xalq artisti”, “Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvonlari sohibi, “Milliy qо‘shiqchilik” kafedrasi professori Xayrulla Lutfullayev.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti jamoasi uchun yana bir qulaylik yaratildi
– “Bu esa nafaqat shaharda harakatlanish, balki avtomobillarni avtoturargohlarga joylashtirish, kо‘chalarda qoldirib ketish natijasida tirbandliklarni keltirib chiqarish singari qator muammolarga sabab bо‘layotgan edi. Jumladan, bizning oliy о‘quv yurtimizga katta kо‘chadan kirib kelish yо‘lida ham shunday holatni uchratish mumkin edi.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti jamoasi uchun yana bir qulaylik yaratildi
Institutimiz rektori Ibrohim Yо‘ldoshevning tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu avtoturargohning foydalanishga topshirilishi shu kabi noqulayliklarni bartaraf etish imkonini berdi. Mazkur inshootni barpo etishda avtotransportlarini qо‘yuvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Avtoturargohda barcha sharoitlarni yaratib bergani uchun institutimiz rektori Ibrohim Yо‘ldoshevga о‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz”.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti jamoasi uchun yana bir qulaylik yaratildi
Ma’lumot о‘rnida aytish mumkinki, avtoturargohdagi har bir joy raqamlangan bо‘lib,unga faqat biriktirilgan fuqaroning avtomobili qо‘yiladi. Bu esa joy talashish, bо‘sh joyni qidirish singari holatlarni oldini olishda muhim о‘rin tutadi. Yangi avtoturargohning foydalanishga topshirilishi natijasida institut jamoasi uchun avtomobillarini qо‘yish uchun kо‘chada bо‘sh joyni qidirib yurishdek muammo о‘z yechimini topdi.

image_pdfimage_print