O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti hamda V.G. Korolenko nomidagi davlat pedagogika universiteti hamkorligi

O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti hamda  V.G. Korolenko nomidagi davlat pedagogika universiteti hamkorligi
Joriy yilning 5-7-aprel kunlari Rossiya Federatsiyasi Udmurtiya Respublikasi delegatsiyasi tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.
Udmurtiya Respublikasi hukumati raisi o‘rinbosari M.V.Xomich boshchiligidagi delegatsiya tarkibida “Udmurtiya Respublikasi biznesini rivojlantirish markazi”, “Biznes Geometriya” MCHJ ishbilarmon hamkorlik markazlari ishtirok etmoqda.
Oliy taʼlim muassasalari delegatsiyasi tarkibida Ijevsk davlat tibbiyot akademiyasi, Udmurtiya davlat universiteti, V.G. Korolenko nomidagi davlat pedagogika universiteti vakillari tashrif buyurishdi.
Ushbu Oliy taʼlim muassasalari rektorlarining O‘zbekistonga tashrifi doirasida respublikmizdagi yetakchi oliy o‘quv yurtlari bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi kun tartibidan Rosʼhamkorlik vakolatxonasi rahbari M.V. Vojdayevning “INNOPROM 2020” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida sanoat sohasidagi hamkorlik bo‘yicha o‘tkaziladigan mintaqaviy forumda ishtirok etishi, vazirliklar vakillari, Oliy o‘quv yurtlari rektorlari, direktorlari bilan uchrashuvi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti hamda  V.G. Korolenko nomidagi davlat pedagogika universiteti hamkorligi
5-aprel kuni O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yo‘ldoshev va Rossiya Federatsiyasi Udmurtiya Respublikasi delegatsiyasi vakillari o‘rtasi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot chog‘ida O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yo‘ldoshev Rossiyalik mehmonlarga mazkur oliy o‘quv yurti, bu yerda olib borilayotgan taʼlim jarayonlari, amaliyot va nazariya uyg‘unligi borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zlab berdi.
O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti hamda  V.G. Korolenko nomidagi davlat pedagogika universiteti hamkorligi
Uchrashuv yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yo‘ldoshev va V.G. Korolenko nomidagi davlat pedagogika universiteti rektori Yanina Chigovskaya-Nazarova o‘rtasida taʼlim yo‘nalishida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma dasturlar tashkil etish, o‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashish, talabalar almashinuvi bo‘yicha shartnoma imzolandi.
O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti hamda  V.G. Korolenko nomidagi davlat pedagogika universiteti hamkorligi

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print