О‘zbek kinosining amaliyoti ham, ta’limi ham ijodiy-amaliy harakatlarga muhtoj!

О‘zbek kinosining amaliyoti ham, ta’limi ham ijodiy-amaliy harakatlarga muhtoj!

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati” kafedra mudiri Iqbol Meliqо‘ziyev tashabbusi bilan amaliy va nazariy bilimlarni mustahkamlash maqsadida kо‘chma darslar tashkil qilinib kelinmoqda. Navbatdagi dars kafedra о‘qituvchisi Otajon Dostonov “Kinoteleoperatorlik mahorati” fani doirasida “Kino, televideniye va radio rejissyorligi, “San’atda animatsiyaviy va multimediyaviy loyihalash” ta’lim yо‘nalishlari 1-kurs talabalari hamda P. P. Benkov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabining “Kino rassomi” ta’lim yо‘nalishi 3-kurs talabalari bilan hamkorlikda kurs ishi sifatida film tasvirga olish jarayonlari kо‘chma dars sifatida O’zbekiston davlat Satira teatrida tashkil qilindi.

О‘zbek kinosining amaliyoti ham, ta’limi ham ijodiy-amaliy harakatlarga muhtoj!
Professor-о‘qituvchi, kinooperator Otajon Dostonov о‘z darsi va ijodiy faoliyati davomida: “Talabalik paytlarimiz ustozlarimiz bizga kо‘p bora takrorlagan gaplari yodimga tushdi. О‘zbek kinosining amaliyoti ham, ta’limi ham har xil “gap sо‘zlar”ga emas ijodiy-amaliy harakatlarga muhtoj” deya ta’kidladi.
Talabalarning dars auditoriyasida olgan nazariy bilimlarini 1-kursdayoq amaliy jarayonlarga tadbiq qilinishi orqali kelgusida milliy kino sohasida yetuk mutaxassis bо‘lib yetishishlariga umid qilib qolamiz.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Matbuot xizmati

image_pdfimage_print