О‘zbek kinosida yosh milliy kadrlar masalasi

“О‘zbekkino” Milliy agentligida bо‘lib о‘tgan anjumanda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati” kafedrasi о‘qituvchisi, kinorejissyor, kinooperator Iqbol Meliqо‘ziyev ham faol ishtirok etdi. Tadbirda “О‘zbek kinosida yosh milliy kadrlar masalasi” nomli ma’ruzasi kо‘plab muhokamalarga sabab bо‘ldi. Bugungi kunda mamlakatimizda kechayotgan tub islohotlar jamiyatning ma’naviy hayotida alohida о‘rin tutmoqda. Mazkur jarayonda barcha san’at turlari qatori badiiy kino oldiga ham katta vazifalar qо‘yildi. Milliy kinematografiyaga yurtboshimiz tomonidan qaratilayotgan e’tibor mazkur vazifalarni bajarishda dasturi amal bо‘lib xizmat qiladi. Jumladan, О‘zbekiston Respublikasi PQ-3176, PQ-3880 sonli Qarorlari tub zamirida milliy kinematografiyani zamon bilan xam nafas bо‘lishida yuksak marra bо‘ldi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Mazkur qarorlar nafaqat amaliy jarayonlar balki kino san’atida faoliyat kо‘rsatadigan milliy kadrlar masalasida о‘z yechimini kutayotgan muammolarni xam xal bо‘lishiga imkon yaratdi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida qaryib о‘ttiz yildan buyon faoliyat kо‘rsatib kelayotgan “Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati” kafedrasida ham ta’lim jarayonida kо‘plab yutuqlarga erishilib kelinmoqda.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

“Kinooperatorlik” bо‘limini tamomlab hozirgi kunda badiiy filmlarda sahnalashtiruvchi operator sifatida ijod qilayotgan ayrim kinooperatorlardan Aziz Arziqulov, Umid Malikov, Izzat Lutfullayev, Izzat Qalandarov, Jahongir Ibragimov, Xasan, Xusan Atabayev, Xusan Alijonov, Otajon Dostonov, Baxtiyor Atabayevlarni alohida ta’kidlab о‘tish lozim.
Shunday ekan yoshlarimizga keng maydon yaratib berishimiz vaqti keldi. Hammaga omadlar tilaymiz!

 

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
matbuot xizmati

image_pdfimage_print