O’zbek adabiyotining yirik namoyondasi Alisher Navoiy

O’zbek adabiyotining yirik namoyondasi Alisher Navoiy

G’azal mulkining sultoni Alisher Navoiy bobomizning 579 yillik tavalludi barchamizga qutlug’ bo’lsin! Ulug’ shoir faqatgina o’zbek yoki turkiy xalqlar emas balki jahon xalqlari adabiyoti ulkan o’rin egallagan buyuk shaxsdir. Navoiy g’azallarining mazmun mohiyatini to’la anglash, his qilish lozim. Alisher Navoiy ijodi murakkab va ulkan xazinaki, unda sir-sinoatlar, muhabbat va saodat e’tirofi, halollik, poklik, mardlik keltirilgan.
O’sib kelayogan yosh avlodni Alisher Navoiy ijodi bilan tanishtirish, qiziqish uyg’otish, mamlakatimiz rivoji va ma’naviyatiga katta ta’sir ko’rsatadi. Mana necha asrdirki buyuk shoir ijodini hurmat va ehirom bilan o’rganib kelmoqdamz. Qolaversa, kelajak avlodga yetkazib uning boy merosini asrab-avaylab kelayotgan xalqimiz, uning tavallud ayyomini chuqur ehtirom ila nishonlaydilar. Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi O’zbekiston ahliga muborak bo’lsin!

Omongul NORBOYEVA
“Madaniyat va san’at muassasalarini
tashkil etish va boshqarish”
ta’lim yo’nalishi 1-kurs talabasi

image_pdfimage_print