“National Youth Conference in Kashkadarya 2019”

Joriy yilning 22-24 noyabr kunlari Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida joylashgan “Lochin” oromgohida ilk bor “National Youth Conference in Kashkadarya 2019” (Milliy yoshlar konferenisiya)si bo’lib o’tdi. Bu konferensiya uch kun davom etdi. Anjumanning asosiy vazifalaridan biri iqtidorli, faol, ilg’or fikrli yoshlarni bir joyga to’plab, yuritimizda global darajaga ko’tarilgan innovatsiya mavzusini targ’ib qilish, fikr almashish hamda ularni bu sohaga qiziqtirish va yangi loyihalar yaratish uchun real atmosfera yaratishdan iborat edi.

“National Youth Conference in Kashkadarya 2019”

Ushbu konferensiyada delegatlar yangi g’oyalar, intensiv dunyo qarash hamda rivojlangan mamlakatlarning start-up loyihalari bilan tanishdilar hamda tashrif buyurgan 200 nafarga yaqin yoshlar quyidagi yo’nalishlarda faoliyat olib bordilar:
-Marketing va reklama menejeri (Ingliz tili)
-Ta’limda innovatsiya (O’zbek tili)
-Turizm va IT (Ingliz tili)
-Psixologiya va Jurnalistika (Rus tili)
-Ekologiya va Iqtisodiyot (O’zbek tili)
-Pedagogik texnologiyalar va AKT (Nemis tili)
Men Milliy yoshlar konferensiyasi mentori va eksperti sifatida qatnashganimdan juda ham xursandman. Bu qaysidir ma’noda do’stlarim tomonidan menga berilgan bir ishonchdir. Bu 3 kunlik ish faoliyatida o’zimga biriktirilgan yoshlarga fikrlarim butunlay singib ketdi.

“National Youth Conference in Kashkadarya 2019”

Ular bilan oramizda ajoyib munosabat o’rnatishga erishdim va eng asosiysi, muloqot qilish qobilyatim yana bir pog’onaga yuksaldi. Konferensiyadan men juda ko’p taassurotlar bilan ko’tarinki a`lo kayfiyatda uyga qaytim. Konferinsiyada kreativ muhit hosil qilish uchun juda yaxshi sharoitlar yaratib berildi. Har bir yo’nalish o’zgacha innovatsion g’oyalar bilan qatnashishdi. Menga ko’proq yoqqan innovatsion loyiha “Turizm va IT” yo’nalishining “T-card” loyihasi bo’ldi. T-cardning vazifasiga qisqacha to’xtalib o’taydigan bo’lsam O’zbekistonga tashrif buyurgan turistlarga beriladi. Turistlar T-cardni olishlari uchun internet orqali o’z ma`lumotlari haqidagi so’rovnomani to’ldirishlari talab etiladi. Bu ularning xavfsizligini ta`minlaydi hamda biz ularni istalgan vaqtda qayerda ekanligini bilishimiz mumkin bo’lgan imkoniyatni yaratib beradi. Bundan tashqari, turistlar T-carddan viza karta sifatida ham O’zbekiston xaritasi sifatida ham foydalanishlari mumkin. Ushbu koferensiyani tashkillashtirgan tashkilotchilarga, hamda barcha delegatlarga yoshlar nomidan o’z minnatdorchiligimni bildiraman.

Gulrux Yo’ldosheva
“Madaniyat va san’at muassasalarini
tashkil etish va boshqarish”
ta’lim yo’nalishi 3-kurs talabasi

image_pdfimage_print