Namangan davlat universitetida UZDOC 2.0

Namangan davlat universitetida UZDOC 2.0

Namangan davlat universitetida UZDOC 2.0 loyihasi doirasida “О‘zbekiston oliy ta’lim tizimida doktorantura ta’limining sifatini oshirish” mavzusida 2019 yilning 3-4 iyul kunlari xalqaro seminar-treningi о‘tkazildi

Hozirgi kunda 2016-2019 yillarda bajarilishi mо‘ljallangan “О‘zbekiston oliy ta’lim tizimida doktorantura ta’limining sifatini oshirish (UZDOC 2.0: Furthering the Quality of Doctoral Education at Higher Institutions in Uzbekistan) mavzusidagi 573703-YERR-1-2016-1-VE-YERRKA2-SVNE-SP raqamli Erasmus+ dasturi loyihasi davom etmoqda.
Loyihada О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent moliya instituti, Namangan davlat universiteti, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Qarshi davlat universiteti, Samarqand iqtisodiyot va servis institutlari ishtirok etdilar.
Loyihaning navbatdagi seminar-treningi 2019 yilning 3-4 iyul kunlari Namangan davlat universitetida bо‘lib о‘tdi. Seminar-trening davomida О‘zbekistonda doktorlik ta’lim sifatini ta’minlash va ushbu tizimdagi islohotlar bilan tanishish maqsadida kengaytirilgan seminar-uchrashuvlar о‘tkazildi. Seminarda loyiha a’zolari, doktorantlar va ilmiy rahbarlar ishtirok etdilar. Seminarning asosiy maqsadi ilmiy tadqiqot ishining sifatini yaxshilashda ahamiyat berish kerak bо‘lgan vazifalarni aniqlab olish edi.
Seminar-treningni Namangan davlat universiteti rektori ochib berdi. Sо‘ng Yevropalik hamkor Melita Kovakovich ham sо‘zga chiqib, bir necha yildan buyon amalga oshirilayotgan ushbu loyiha va uning yutuqlari haqida sо‘z yuritdi. Uning aytishicha ilmiy tadqiqot ishini amalga oshirish jarayonida Yevropada ham har xilliklar mavjud, lekin asosiy vazifamiz Yevropa tajribalarining eng muhimini о‘rganish va tadbiq etishdir.

Namangan davlat universitetida UZDOC 2.0
Seminarda Laurans Universiteti professori Jekis Lonares ishtirok etib, ilmiy tadqiqot ishidagi muhim omillar haqida sо‘z yuritdi va u ilmiy rahbarlar va doktorantlarni 4 guruhga bо‘ldi (3 ta doktorantlar guruhi va 1 ta ilmiy rahbarlar guruhi). Har bir guruh ishtirokchilarining vazifasi ilmiy ish qilishda о‘zlarining ma’suliyatlari va kelajakda kutayotgan natijalari haqida prezentatsiya qilish edi. Barcha guruhlar о‘z fikrlarini bildirganlaridan sо‘ng esa tahlil qilingan sо‘rovnomalardan eng muhim 10 tasi tanlab olindi va shu asosda yangi nizom shakli ishlab chiqildi.
Seminarda horijiy professorlar Kennes Vann va Melita Kovakovichlar sо‘zga chiqib, ilmiy rahbar va doktorant о‘rtasidagi aloqalar haqida ma’ruza qildilar. Ularning fikricha ilmiy rahbar bо‘lish uchun faqatgina ilmiy darajaga ega bо‘lish emas, balki shaxsiy fazilatlarga ham ega bо‘lish kerak ekan.
Seminar ma’lumotlarga boy tarzda olib borildi. Seminar sо‘ngida ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Gulnoza Aripova

image_pdfimage_print