MUTOLAA MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi professor-о‘qituvchilari tomonidan О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ular bо‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bо‘yicha 5ta muhim tashabbusi” doirasida “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular о‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bо‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish” deb nomlangan 4 tashabbusini amaliyotga tatbiq etish maqsadida, Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi XTBga qarashli 187-umumiy о‘rta ta’lim maktabining 5 -“J” sinf о‘quvchilari uchun “Mutolaa madaniyati” mavzusida seminar-trening mashg‘uloti tashkil etildi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Dars mashg‘uloti zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida bо‘lib о‘tdi.
Jumladan, kichik guruhlarda ishlash va bu guruhlar о‘rtasida ijobiy munosabatlar о‘rnatish hamda mutolaa madaniyati о‘quvchilarga о‘rgatildi. Kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etishda о‘quvchilar о‘rtasida turli xil viktorinalar, interaktiv о‘yinlar va savol-javoblar о‘tkazildi. О‘quvchilarning mutolaaga nisbatan qiziqishlarini yanada orttirish maqsadida ularga qiziqarli kitoblar sovg‘a qilindi.

 

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
“Pedagogika va psixologiya”
kafedrasi professor-о‘qituvchilari

image_pdfimage_print