MUSHTARAK MAQSADLAR SARI

MUSHTARAK MAQSADLAR SARI

Mahorat va san’at maqsadlarni mushtarak aylasa, porloq kelajak sari imkoniyat keng eshiklari ochilaveradi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga “О‘zbekistonda Ozarbayjon kino kunlari” haftaligi doirasida bir guruh mutaxassislar tashrif buyurishdi.

MUSHTARAK MAQSADLAR SARI
Institut rektori, professor Ibrohim Yuldashev boshchiligida mazkur kinematograflar delegatsiyasi kutib olinib, oliy ta’lim muassasasida professor-о‘qituvichlarning malakali mahorat darslariga olib kirildi. Delegatsiya a’zolari Ozarbayjon Respublikasida xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimi, Ozarbayjon Madaniyat vazirligi Kinematografiya bо‘limi katta konsultanti Almaz Sultanzade, konsultant Gyulnara Javadova, Ozarbayjonda xizmat kо‘rsatgan san’at arbobi, kinoshunos va rejissyor Ayaz Salayev, kinossenarist, rejissyor Mirbala Salimli, rejissyor Shamil Aliyev, aktyor Magsud Mammadov singari tajribali ijodkorlar institut muhiti bilan yaqindan tanishishga muvaffaq bо‘lishdi.

MUSHTARAK MAQSADLAR SARI

MUSHTARAK MAQSADLAR SARI
Mahorat darslari doirasida о‘zbek kino san’ati yо‘lida yetishib kelayotgan yosh kadrlarning о‘quv jarayonlari, rejissura mahorati, kino istiqbollari, kinoshunoslik nazariyasi, aktyorlik va operatorlik maktabi borasida qizg‘in ijodiy suhbatlar va brifinglar tashkillashtirildi.
Institut professor-о‘qituvchilari Ernazar Yorbekov, Iqbol Meliqо‘ziyev, Muzaffar Qoraboyev boshchiligida mehmonlar institut moddiy-texnik imkoniyatlari bilan tanishtirildi.

MUSHTARAK MAQSADLAR SARI
Institut О‘quv teatrida Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat va Turizm vazirligi buyurtmasi asosida ishlangan “Boku zamon kо‘zgusida” nomli hujjatli film namoyish etildi. Unda poytaxtning sо‘lim tabiati, ilm-fan va madaniyatga hissa qо‘shgan davlat arboblari haqida va boshqa kо‘plab kerakli ma’lumotlar о‘rin olgan.

MUSHTARAK MAQSADLAR SARI
“О‘zbekistonda Ozarbayjon kino kunlari” haftaligi о‘zbeklarning yuragida qardosh xalqlarning boy madaniyatiga va san’atiga bо‘lgan qiziqishni yanada kengaytirib yubordi. Mana shunday gо‘zal tadbirlar bardavom bо‘lsin!

 

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti matbuot xizmati kotibi

image_pdfimage_print