Mukofot egalari!

Mehnat va harakatlarning mukofoti kо‘ngillarni zavqqa tо‘ldiradi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining ijodkor, intiluvchan, intellektual salohiyatli talabalari respublika nomdor stipendiyalari sohibi bо‘lishdi.
“Dramatik teatr va kino aktyorligi” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabasi Sardor Shermatov Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasini,

Mukofot egalari!
“Ijtimoiy madaniy faoliyat” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabasi Jumagul Nishonova Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasini qо‘lga kiritishdi.

Mukofot egalari!
Institut rektori, professor Ibrohim Yuldashev talabalarni samimiy qutlab, ona Vatanimizga sadoqatli, san’at va madaniyat sohalarida yetuk mutaxassis bо‘lib yetishishlarini tiladilar.
Mukofot egalari Sardor Shermatov hamda Jumagul Nishonova jamoat ishlarida faol, qobiliyatli yoshlardan, ularning mazkur yutuqlari barcha talabalarga о‘rnak bо‘lajak.
G‘oliblarni faxriy mukofot bilan institut jamoasi va barcha talabalar nomidan chin qalbdan tabriklaymiz.
Ularga kelgusi ish va о‘qishlarida yanada katta zafarlar tilab qolamiz!

 

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti matbuot xizmati kotibi

image_pdfimage_print