Muhammad Yusuf xotirasi munosabati bilan osh tarqatildi

Muhammad Yusuf xotirasi munosabati bilan osh tarqatildi
26 aprel kuni О‘zbekiston xalq shoiri, xalqimizning sevimli farzandi Muhammad Yusuf tavalludining 67 yilligi О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshevning rahbarligida keng nishonlandi. Erta tongda institut jamoasi Adiblar xiyoboniga tashrif buyurib, shoir haykali poyiga anvoyi gullar qо‘yishdi. Shu yerning о‘zida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshev tomonidan institutda Muhammad Yusuf hayoti va ijodini abadiylashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar,kelgusi rejalar haqida ma’lumot berildi. Bо‘lib о‘tgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda shoir she’rlaridan namunalar о‘qildi. Uning sherlariga bastalangan qо‘shiqlar ijro qilindi. Sahna kо‘rinishlari namoyish etildi. Tadbir о‘tkazilayotgan Adiblar xiyobonidan “О‘zbekiston 24” telekanali tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri efirga chiqib, institut rektori Ibrohim Yо‘ldoshev о‘tkazilayotgan tadbirning mazmun-mohiyati, shoir hayotini abadiylashtirish borasida qilingan ishlardan teletomoshabinlarni boxabar qildi. “О‘zbekiston 24” radiokanali orqali ham ushbu maydondan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri efirga chiqildi. Shu kunning о‘zida bugungi bо‘lib о‘tgan о‘tgan tadbirlar haqida tezkor “Maxsus reportaj” kо‘rsatuvi tayyorlanib, bugunnng о‘zida soat 16:29 da “О‘zbekiston24” telekanali orqali efirga berildi. Shuningdek, bо‘lib о‘tgan tadbirlar “Mahalla” telekanali tomonidan ham tasvirga olindi.
Muhammad Yusuf xotirasi munosabati bilan osh tarqatildi
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshevning tashabbusi bilan Rо‘zai ramazon kunlarida talabalar turar joyida yashayotgan 550 nafardan ortiq о‘g‘il-qiz uchun iftorlikka oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan tuxum tarqatish an’ana tusini olgan edi.
Muhammad Yusuf xotirasi munosabati bilan osh tarqatildi
Ushbu an’anaga sodiq qolingani holda 26 aprel kuni kechki iftorlik paytida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rahbariyati tomonidan О‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf xotirasi munosabati bilan osh tarqatildi.
Muhammad Yusuf xotirasi munosabati bilan osh tarqatildi
Institut rahbariyati tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu ehson oshi uchun qо‘y sо‘yilib, 70 kilogramm guruchdan osh damlandi. Talabalar turar joyida yashaydigan о‘g‘il-qizning barchasi ushbu ne’matdan bahramand bо‘ldi. Tadbirda ishtirok etgan institut jamoasi tomonidan Muhammad Yusuf haqidagi shirin xotiralar yana bir bora yodga olndi. Shoirning xayrli ishlari e’tirof etildi.
Muhammad Yusuf xotirasi munosabati bilan osh tarqatildi
Islom olami uchun muqaddas sanalgan Ramazon oyida quron tilovat qilindi. Iftorlikda qatnashganlar tomonidan Muhamad Yusuf haqqiga duolar о‘qildi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print