Muhammad Yusuf tavalludining 67 yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonidagi tadbir

Muhammad Yusuf tavalludining 67 yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonidagi tadbir

26 -aprel kuni erta tongdan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshev rahbarligida institut rahbariyati, professor-о‘qituvchilar, talabalar, keng jamoatchilik О‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 67 yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida jam bо‘lishdi. Institut jamoasi tomonidan Muhammad Yusuf xotirasiga hurmat bajo keltirilib, shoir haykali poyiga gullar qо‘yildi.

Muhammad Yusuf tavalludining 67 yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonidagi tadbir

Bu yerda tashkil etilgan madaniy-ma’rifiy tadbirda sо‘zga chiqqan institut rektori Ibrohim Yо‘ldoshev Vatan va muhabbat kuychisi – Muhammad Yusufning hayoti va sermahsul ijodi haqida tо‘xtaldi. Shoir qoldirgan boy ma’naviy merosning yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Muhammad Yusuf ijodining milliy adabiyotimizni rivojlantirishda tutgan о‘rni va ahamiyati haqida gapirdi.

Muhammad Yusuf tavalludining 67 yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonidagi tadbir

Shoirning zamondoshlari tomonidan Muhammad Yusuf hayoti va ijodi bilan bog‘liq xotiralar yana bir bora yodga olindi. ZOOM dasturi orqali uzatilgan, О‘ZDSMI Farg‘ona mintaqaviy filiali hamda Nukus filiallari tadbirda shoir she’rlaridan namunalar о‘qildi.

Muhammad Yusuf tavalludining 67 yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonidagi tadbir

Institut professor-о‘qituvchilari, talabalar tomonidan Muhammad Yusuf she’rlari asosida yaratilgan qо‘shiqlar ijro qilindi. Teatrlashtirilgan sahna kо‘rinishlari namoyish etildi.

Muhammad Yusuf tavalludining 67 yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonidagi tadbir

Tadbirda ishtirok etgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi xodimlari tomonidan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga kitoblar sovg‘a qilindi.О‘zbekiston xalq shori Muhammad Yusuf tavalludining 67 yilligi munosabati bilan Adiblar xiyobonida bо‘lib о‘tayotgan tadbirdan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev “О‘zbekiston 24” telekanali orqali tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri jonli efirga chiqib, bugungi madaniy-ma’rifiy tadbirning mazmun-mohiyati haqida sо‘zlab berdi.

Muhammad Yusuf tavalludining 67 yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonidagi tadbir

Kanal muxbiri bilan bо‘lib о‘tgan muloqot chog‘ida Muhammad Yusuf hayoti va ijodini abadiylashtirish borasida institutda amalga oshirilgan va kelgusida qilinishi lozim bо‘lgan ishlar tо‘g‘risida ma’lumot berdi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print