«Muhammad Yusuf izdoshlari” tugaragi tadbiri

«Muhammad Yusuf izdoshlari” tugaragi tadbiri

Adabiyot millatning, xalqning yuragi. Muhammad Yusuf ham qisqa vaqt ichida xalqimiz qalbining ajralmas bir qismiga aylanib ulgurgan ijodkorlardan. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tomonidan О‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bag‘ishlangan respublika onlayn tadbiri bо‘lib о‘tdi.
«Muhammad Yusuf izdoshlari” tugaragi tadbiri
ZOOM dasturi orqali tashkil etilgan uchrashuvda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, О‘zDSMI Nukus filiali, О‘zDSMI Farg‘ona filiallari rahbariyati, professor-о‘qituvchilar, doktorant hamda talabalar, О‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari ishtirok etishdi.

«Muhammad Yusuf izdoshlari” tugaragi tadbiri
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev Muhammad Yusuf ijodining adabiyotimizda tutgan о‘rni, shoir hayoti va ijodining talaba yoshlar uchun ibrat bо‘ladigan jihatlari haqida tо‘xtaldi. Mazkur oliy о‘quv yurti tomonidan shoir hayoti va ijodini о‘rganish, uni xalq orasida keng targ‘ib qilish borasida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar tо‘g‘risida ma’lumot berdi.

«Muhammad Yusuf izdoshlari” tugaragi tadbiri
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti qoshida tashkil etilgan “Muhammad Yusuf izdoshlari” tugaragi rahbari, О‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo shoir she’riyatining о‘ziga xos jihatlari, ularni yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati haqida sо‘zlab berdi. Ochiq muloqot asnosida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy respublika onlayn anjumanida ishtirokchilar tomonidan shoir xotirasini abadiylashtirish, uni yangi qirralarini kashf etish borasida takliflar aytildi, fikrlar bildirildi. Muhammad Yusuf qalamiga mansub she’rlardan turli tillarda namunalar о‘qildi.

«Muhammad Yusuf izdoshlari” tugaragi tadbiri

image_pdfimage_print