Muhammad Yusuf ijodi – oliy ta’lim muassasalari jamolari nigohida

Muhammad Yusuf ijodi - oliy ta’lim muassasalari jamolari nigohida

O, ota makonim.
Onajon о‘lkam,
О‘zbekiston, jonim tо‘shay soyangga.

О‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tomonidan bitilgan ushbu satrlar oradan necha yillar о‘tibdiki, hamon kishilar quloqlari ostida jaranglab turibdi. Qisqa vaqt ichida an’anaga aylanib ulgurgan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti jamoasining “Adiblar xiyoboni” ga 20 iyun kungi bu galgi tashrifi о‘ziga xosligi bilan ajralib turdi. Muhammad Yusuf ijodi, she’riyatga oshufta kо‘ngillar – О‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari, poytaxtimizdagi boshqa oliy о‘quv yurtlari professor-о‘qituvchilari, talabalar ham shoir haykali oldida jam bо‘lgan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti jamoasi, doktorantlarining ijodiy muloqotlaridan bahramand bо‘lishdi. Shu yerning о‘zida shoir hayoti, uning vatanni madh etuvchi she’rlaridan namunalar aytildi.

Shoir ijodining о‘ziga xos jihatlari zamondoshlari tomonidan e’tirof etildi. Muhammad Yusuf bilan bog‘liq yorqin xotiralar yana bir bora yodga olindi. Bu yerda jam bо‘lgan oliy о‘quv yurtlari professor-о‘qituvchilari bilan Muhammad Yusufning hayoti, uning ijodiga doir maqolalar,ilmiy ishlarni jurnallarda hamkorlikda chop etish bо‘yicha fikrlar bildirildi.

image_pdfimage_print