Muhammad Yusuf hayoti va ijodi talaba – yoshlar uchun ibrat

Muhammad Yusuf hayoti va ijodi talaba – yoshlar uchun ibrat

Xabaringiz bor, Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 20 may kuni Alisher Navoiy nomidagi О‘zbekiston Milliy bog‘ida barpo etilgan Adiblar xiyoboniga tashrif buyurgan edi.
Davlatimiz rahbarining yozuvchi va shoirlar, ziyolilar bilan bо‘lgan uchrashuvida milliy adabiyotimizni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor, galdagi muhim vazifalar haqida sо‘z bordi.
Adiblar xiyobonini adabiyot, ma’rifat va madaniyat maskaniga aylantirish, har bir adib haykalini muayyan oliy о‘quv yurtiga biriktirib, bu yerda ochiq darslar, ma’rifiy tadbirlar о‘tkazish bо‘yicha tavsiyalar berildi. Xiyobon bilangina cheklanib qolmasdan, adiblar ijodini chuqur о‘rganish, ularning ibratli umr yо‘llari haqida kitoblar va filmlar yaratish, yangi asarlar yozish muhimligi ta’kidlandi. Mamlakatimiz Prezidentining mazkur maskanga tashrifi chog‘ida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev xalqimizning sevimli farzandi, taniqli shoir Muhammad Yusuf hayoti va ijodi, u qoldirgan boy ma’naviy merosni yosh avlod ongiga singdirish borasida о‘z fikrlarini bildirdi. Ushbu vazifalardan kelib chiqilgani holda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tomonidan tadbirlarni amalga oshirish belgilab olindi.
2020-2021 о‘quv yilidan bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari uchun Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bag‘ishlangan maxsus kurslar tashkil etiladi va barcha ta’lim yо‘nalishlari hamda mutaxassisliklar о‘quv rejasiga Muhammad Yusuf hayoti va ijodi bо‘yicha mavzular kiritiladi.
Professor-о‘qituvchilar va iqtidorli talaba-yoshlar ishtirokida ommaviy axborot vositalarida shoir ijodiga oid institutda amalga oshiriladigan ishlar haqida targ‘ibot materiallari berib boriladi. Malakaviy bitiruv ishlari, magistrlik dissertatsiyalari mavzulari Muhammad Yusuf hayoti va ijodi bilan bog‘lab о‘rganib boriladi.
Shuningdek, shoir ijodi va hayoti aks etgan alohida auditoriya, muzey tashkil etiladi hamda institut hovlisida joylashgan markaziy kо‘shklardan birini Muhammad Yusuf nomi bilan atab, ular kerakli materiallar bilan jihozlanadi.
Joriy yilning iyun-iyul oylarida institut ARMida shoir ijodiga bag‘ishlangan ma’lumotlar resurs ba’zasi va alohida sayt yaratiladi.
2020-2021 о‘quv yilida institutning “Kino televedeniye va radio san’ati” fakulteti tomonidan “Muhammad Yusuf – Vatan kuychisi” nomli qisqa metrajli film yaratililadi hamda spektakllar sahnalashtiriladi. Mazkur yaratilgan film sahna asarlari О‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalarida keng yoritilib boriladi.
2020-2021 о‘quv yilidan boshlab, 5 ta muhim tashabbus doirasida doimiy ravishda О‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf ijodiga bag‘ishlangan turli uchrashuv va adabiy kechalar tashkil etilib, unga taniqli shoir va yozuvchilar, shoirning oila a’zolari taklif etiladi.
Shu bilan birga, professor-о‘qituvchilar va talabalar bilan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida, Andijon viloyati Marhamat tumanidagi Musiqa va san’at maktabida hamda shoir tug‘ilib о‘sgan Qovunchi qishlog‘idagi u о‘qigan maktablarda shoir ijodiga bag‘ishlangan tadbirlar tashkil etiladi.
Keyingi о‘quv yillaridan boshlab, barcha ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha “Adiblar xiyoboni”da ochiq о‘quv darslari tashkil etiladi. Yana shuni alohida ta’kidlash joizki, 2020-2021 о‘quv yilidan boshlab barcha ta’lim muassasalari talaba-yoshlari uchun “Muhammad Yusuf izdoshlari” nomli ijod tо‘garagi tashkil etiladi va ushbu tо‘garakka О‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo rahbarlik qilishi rejalashtirilgan.
Joriy yilning iyul-noyabr oylarida shoir ijodi namunalari tо‘planib, kitob shaklida chop etiladi. Nashr etilgan kitoblar ta’lim muassasalariga tarqatiladi.
2020-2021 о‘quv yilidan boshlab doimiy ravishda tanlov asosida eng ijodkor talabalar ichidan Muhammad Yusuf nomidagi stependiyaga nomzodlar aniqlanib, ularga stipendiya joriy etiladi. 2020-2021 о‘quv yilidan har bir talaba, xodim, professor-о‘qituvchilar shoir hayoti va ijodini bilishlari uchun targ‘ibot va tashviqot ishlari amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, 2020-2021 о‘quv yilidan e’tiboran shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman о‘tkazilib, ommaviy axborot vositalarida yoritiladi, bundan tashqari material tо‘plam holatida chop etiladi.
Bundan tashqari Muhammad Yusuf she’rlariga bastalangan qо‘shiqlar tanlovi va she’rxonlik kechalari о‘tkaziladi. Mazkur tanlovda qatnashib g‘olib bо‘lgan yoshlar moddiy va ma’naviy rag‘batlantiriladi.
Muhammad Yusufning tug‘ilgan kunini xalqaro miqyosda keng nishonlash maqsadida Turkiy xalqlar madaniyati xalqaro tashkiloti (TurkSOY) taqvimiga shoir tavalludini nishonlash (26 aprel) taklifi kiritiladi va shoir she’rlarini xorijiy tillarga tarjima qilinadi.
Keyingi о‘quv yilidan boshlab Turkiyaning “Qardosh adabiyotlar” jurnalida shoir ijodiga bag‘ishlangan maxsus sonining chop etilishi ham kо‘zda tutilgan.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining professor-о‘qituvchilari,talabalari,barcha xodimlari О‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf hayoti va ijodini chuqur о‘rganadi,uning she’rlarini yod oladi.

 

Muhammad Yusuf hayoti va ijodi talaba – yoshlar uchun ibrat

image_pdfimage_print