Mirzo Ulug’bek tumani “Oliy himmat” mahalla fuqarolar yig’inida 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bayram tadbiri o’tkazildi

Mirzo Ulug’bek tumani “Oliy himmat” mahalla fuqarolar yig’inida 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bayram tadbiri o’tkazildi
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Kutubxoa-axborot faoliyati dekanati “Kutubxonashunoslik”, “Kutubxona fondlari va bibliografiyashunoslik”, “Qo’g’irchoq teatri”, “Sahna nutqi”, “Estrada va ommaviy tomoshalar san’ati” kafedralari professor-o‘qituvchilari hamda institut Axborot resurs markazi va O’quv teart jamoasi, Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumani “Oliy himmat” mahalla fuqarolar yig’ini hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaziy harbiy kilinik gospitali hamkorligida 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bayram tadbiri o’tkazildi.
Mirzo Ulug’bek tumani “Oliy himmat” mahalla fuqarolar yig’inida 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bayram tadbiri o’tkazildi
Tadbir “Oliy himmat” mahallasi hududida joylashgan maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaziy harbiy kilinik gospitali davolanuvchilari, gospitalda xizmat qiluvchi хodimlari farzandlari uchun tashkil etildi.
Mirzo Ulug’bek tumani “Oliy himmat” mahalla fuqarolar yig’inida 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bayram tadbiri o’tkazildi
Tadbir yakunida “Oliy himmat” mahalla fuqarolar yig’ini tomonidan tashkil etilgan “Eng yaxshi mahalla kelini”, “Eng yaxshi mahalladagi odobli qiz” ko’rik tanlov g’oliblariga faxriy yorliq va estalik sovg’alari topshirildi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print