Milliy qadriyatlar

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Milliy qadriyatlar inson ruhiyatini poklaydi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi Pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 mayda tasdiqlangan “Baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 4320-sonli Qaroriga muvofiq, Respublika bolalar musiqa va san’at maktablari pedagoglarini о‘qitish jarayonlari jadal olib borilmoqda.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
4 mart kuni institut rektori, professor Ibrohim Yuldashev, Madaniyat vazirligi Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi direktori, professor Azamat Haydarov, tarmoq markazi direktori Tо‘rabek Fayziyev bilan birgalikda “Bulung‘ur dostonchilik maktabi namoyondalari ijodi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Kelgusida baxshichilik san’ati, milliy dostonchilik an’analarini yanada rivojlantirishga katta ahamiyat berilishi, dars jarayonlarini sifatli va innovatsion texnologiyalar asosida о‘tilishi, professional baxshilarning ijodiy faoliyatini о‘rganish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish kabi ustuvor vazifalar oldinga qо‘yildi.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi Pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi faoliyati qizg‘in tusda davom etmoqda. Zero, bebaho о‘zbek milliy qadriyatlaridan bо‘lmish baxshichilik san’atini rivojlantirishdek ulkan maqsadlar madaniyat va san’at sohalari taraqqiyotiga muhim hissa qо‘shadi.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Matbuot xizmati

image_pdfimage_print