“Milliy folklor va etnografiyani yoshlar ongiga singdirishda talabalar izlanishlarining targ‘iboti” mavzusida ilmiy seminar


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-son qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasi” va 2020-yil 26-maydagi “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida PF-6000-son farmonlarida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish, yoshlarning ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va kengaytirish shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevninig 2020 yil 29-dekabrda Oliy Majlisga murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, 2020-yil 13-yanvar kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Milliy folklor va etnografiyani yoshlar ongiga singdirishda talabalar izlanishlarining targ‘iboti” mavzusida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.

Ilmiy seminar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Seminarda tarixiy va madaniy merosimizni saqlash hamda uni yosh avlod tarbiyasida keng qo‘llash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yoshlarimiz ongiga singdirish, etnik madaniy an’analarni asrab-avaylash va shu asosda xalq ijodiyotini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va kengaytirish, yosh ijodkorlarga ta’lim-tarbiya berish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasida puxta tizim yaratishga erishish, talaba yoshlar ilmiy-ijodiy salohiyatini yuksaltirish, ustoz-shogird an’anasini keng rivojlantirish, talabalarda ilmga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, folklorshunoslik va milliy folklor san’atida to‘planib qolgan muammolar yechimini topish kabi masalalar bo‘yicha soha mutaxassislari, olimlar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrlar o‘zaro fikr almashdilar.Ilmiy seminar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Seminarda tarixiy va madaniy merosimizni saqlash hamda uni yosh avlod tarbiyasida keng qo‘llash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yoshlarimiz ongiga singdirish, etnik madaniy an’analarni asrab-avaylash va shu asosda xalq ijodiyotini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va kengaytirish, yosh ijodkorlarga ta’lim-tarbiya berish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasida puxta tizim yaratishga erishish, talaba yoshlar ilmiy-ijodiy salohiyatini yuksaltirish, ustoz-shogird an’anasini keng rivojlantirish, talabalarda ilmga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, folklorshunoslik va milliy folklor san’atida to‘planib qolgan muammolar yechimini topish kabi masalalar bo‘yicha soha mutaxassislari, olimlar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrlar o‘zaro fikr almashdilar.

Ilmiy seminarda o‘z ma’ruzasi bilan faol ishtirok etgan ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlandilar.

 

Matbuot kotibi