MILLIY ESTRADA SAN’ATINI RIVOJLANTIRISHDA MALAKALI KADRLAR TAYYORLASH BUGUNNING DOLZARB MASALASI

MILLIY ESTRADA SAN’ATINI RIVOJLANTIRISHDA MALAKALI KADRLAR TAYYORLASH BUGUNNING DOLZARB MASALASI

Kuni kecha О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Milliy estrada san’atini rivojlantirishda malakali kadrlar tayyorlash, ularni moddiy va ma’naviy qо‘llab-quvvatlashning dolzarb muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani о‘tkazildi.
Anjumada milliy madaniyatimiz va san’atimiz, jumladan estrada va ommaviy tomoshalar san’ati sohasidagi mavjud muammolarni bartaraf etish, teatr san’ati, ommaviy bayram va tomoshalar rejissurasi taraqqiyoti uchun xizmat qiluvchi innovatsion g‘oyalar va ishlanmalarni tatqiq etish, estrada va ommaviy tomoshalar rejissyorlarini tayyorlashda nazariya va amaliyot integratsiyasini yanada takomillashtirish, madaniyat va san’at sohasida ta’limning uzviyligini ta’minlash, soha bо‘yicha kadrlash tayyorlash jarayonida ijtimoiy-gumanitar va mutaxassislik fanlarini о‘qitishda pedagogik va innovatsion texnologiyalarni joriy etish, san’at ta’limida “Ustoz-shogird” tizimini tahlil etish va istiqbolli rejalar xususida fikr yuritildi.

MILLIY ESTRADA SAN’ATINI RIVOJLANTIRISHDA MALAKALI KADRLAR TAYYORLASH BUGUNNING DOLZARB MASALASI

MILLIY ESTRADA SAN’ATINI RIVOJLANTIRISHDA MALAKALI KADRLAR TAYYORLASH BUGUNNING DOLZARB MASALASI
Yoshlarni san’at maskanlariga, xususan, teatr va muzeylar, konsert tomoshalariga muntazam jalb etish, о‘zbek va jahon madaniyatining eng sara namunalaridan bahramand etish ularning ma’naviy-axloqiy tarbiyalash hamda madaniy salohiyatini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shularni inobatga olgan holda yangi tashkil etilayotgan madaniyat markazlari bilan bir qatorda sohada kadrlar tayyorlash faoliyatini yanada takomillashtirish, bu borada xorijiy tajribalarni о‘quv jarayoniga tatbiq etish masalalariga ham alohida tо‘xtalib о‘tildi.

MILLIY ESTRADA SAN’ATINI RIVOJLANTIRISHDA MALAKALI KADRLAR TAYYORLASH BUGUNNING DOLZARB MASALASI
Shuningdek anjuman davomida oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish о‘rtasidagi innovatsion hamkorlikni yanada takomillashtirish, shuningdek sohadagi ilmiy, amaliy, uslubiy, axborot-kommunikatsiya va moddiy-texnik resurslaridan о‘zaro manfaatli va samarali foydalanishni yanada kuchaytirish masalalari tahlil etildi.
Tadbirda Madaniyat vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “О‘zbekkonsert” davlat muassasasi, poytaxt teatrlari, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti va mazkur institutning Nukus hamda Farg‘ona mintaqaviy filiali, О‘zbekiston davlat konservatoriyasi, ixtisoslashgan madaniyat va san’at maktablaridagi soha mutaxasislari, professor-о‘qituvchilar, estrada xonandalari va iqtidorli talabalar о‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

MILLIY ESTRADA SAN’ATINI RIVOJLANTIRISHDA MALAKALI KADRLAR TAYYORLASH BUGUNNING DOLZARB MASALASI MILLIY ESTRADA SAN’ATINI RIVOJLANTIRISHDA MALAKALI KADRLAR TAYYORLASH BUGUNNING DOLZARB MASALASI
Anjuman yakunigi kо‘ra “yо‘l xaritasi” ishlab chiqish hamda monitoringini olib borish amaliyoti joriy qilinadi va eng yaxshi deb topilgan ilmiy maqolalar Web of Science (Web of Knowledge), Journal Impact Factor, Scopus, Journal Citation Reports, Global Impact Factor, International Impact Factor Services va «impakt- faktor»ga ega bо‘lgan ilmiy jurnallarga nashr uchun tavsiya etiladi.

О‘zDSMI Axborot xizmati

image_pdfimage_print