Mehr va muruvvatlilik namunasi

Mehr va muruvvatlilik namunasi
Xabaringiz bor,O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi 21-Mehribonlik uyiga tashrif buyurdilar.
Bu muassasada 122 nafar о‘g‘il-qiz tarbiyalanmoqda. Ularning 47 nafari yetim, 75 nafari ijtimoiy yetim bolalardir. Ta’lim maskanida malakali о‘qituvchilar, psixolog, logoped, defektologlar faoliyat yuritmoqda. Robototexnika, mental arifmetika, sartaroshlik, pazandalik, tikuvchilik tо‘garaklari tashkil etilgan. Sport mashg‘ulotlarida bolalar salomatligini mustahkamlash bilan birga respublika va xalqaro musobaqalarda sovrindor ham bо‘lmoqda.
Mehr va muruvvatlilik namunasi
Davlat rahbari bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, bolalarning mashg‘ulotlarini kо‘zdan kechirdilar.
«Bugun kelishimizdan maqsad sizlar bilan kо‘rishib, sizlarning timsolingizda barcha tarbiyalanuvchilar uchun sharoitlarni bundan-da yaxshilash, iloji boricha, oiladagidek muhit, tarbiya tashkil qilish. Hamma bilan teng bо‘lib ta’lim-tarbiya olishingiz, oliygohlarda о‘qib, kasb egallashingiz, uy va ish bilan ta’minlanib, hayotda munosib о‘rin topishingiz uchun imkoniyatlar yaratamiz. Shuni bilinglarki, sizlarning ota-onangiz, vataningiz bor. Davlat sizlarni hech qachon e’tiborsiz qoldirmaydi», dedi prezident.
Mehr va muruvvatlilik namunasi
21-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan bо‘lib о‘tgan samimiy suhbat chog‘ida yoshlar yurtboshimizga imkoni bо‘lganida oliy ta’lim sohasida о‘qishni davom ettirish fikrini bildirishdi. Ulardan biri Raximjonov Isfandiyor Maxmud о‘g‘li – “Muhtaram prezident men san’at sohasiga juda qiziqaman, ayniqsa rejissyorlikka”,- dedi.
Mehr va muruvvatlilik namunasi
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ushbu mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisiga chin dildan о‘qiyman, shu sohada yetuk mutaxassis bо‘laman desa, grant hisobidan talabalikka qabul qilinishini ta’kidladilar.
Mehr va muruvvatlilik namunasi
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev poytaxtimizdagi 21-mehribonlik uyiga tashrif buyurib, Raximjonov Isfandiyorga О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Teatr san’ati fakulteti “Estrada va ommaviy tomoshalar rejissyorligi” ta’lim yо‘nalishiga qabul qilinganligi tо‘g‘risidagi sertifikat, talabalik guvohnomasi, kitoblar jamlanmasi, zamonaviy planshet, qimmatbaho sovg‘alarni keng jamoatchilik oldida tantanali ravishda topshirdilar. Institutning yangi talabasiga kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladilar.
Mehr va muruvvatlilik namunasi
Shuningdek, ushbu mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi Novosyolova Milena Alekseyevna muloqot chog‘ida Respublikamiz prezidenti Shavkat Mirziyoyevga psixolog bо‘lish niyati borligini aytgan edi.  О‘zbekiston milliy universiteti rektori Inomjon Majidov ham 21-Mehribonlik uyiga tashrif buyurib, Novosyolova Milena Alekseyevnaga О‘zbekiston milliy universitetiga talabalikka qabul qilinganligi tо‘g‘risidagi sertifikat, talabalik guvohnomasi, qimmatbaho sovg‘alarni topshirdilar.
Mehr va muruvvatlilik namunasi
21-Mehribonlik uyi О‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi mas’ulligiga о‘tkazilgan edi. Shu munosabat bilan tadbirda ishtirok etgan qо‘mondon, general-mayor Djо‘rayev Rustam Mirzayevich barcha ishtirokchilarga о‘z minnatdorchiligini bildirdi. Prezidentimiz tashabbusi bilan talabalik safiga qabul qilingan Raximjonov Isfandiyor, Novosyolova Milenani talabalik baxti bilan qutladilar.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print