Maroqli tomosha

Maroqli tomosha

Inson ma’naviyati ilm-u, ma’rifat, ijod va bunyodkorlikning ezgu g‘oyalari bilan sug‘orilsa, ona Vatan taraqqiy topadi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularni bо‘sh vaqtini mazmunli о‘tkazish bо‘yicha” 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgani va uning amaliyotdagi natijalarining bardavom bо‘lishi bejiz emas.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” ta’lim yо‘nalishi 1-kurs talabalari murabbiylar Nargiza Alijonova hamda Nigora Tadjibayeva boshchiligida 5 ta muhim tashabbusning 1-bandiga kо‘ra, ya’ni “Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qilish” maqsadida poytaxtimizdagi Muqimiy nomidagi О‘zbek davlat drama teatriga tashrif buyurishdi. Sahnada mashhur gruzin dramaturgi Avksentiy Sagarelining, postanovkachi rejissyor Ahad Farmonov tomonidan sahnalashtirilgan “Xonuma” asari namoyish etildi. Musiqali komediya janridagi mazkur spektakl nihoyatda boy yumorga, aktyorlarning improvizatsiyalariga, noodatiy xarakter va topilmalarga qurilgan.

Maroqli tomosha
Talaba-yoshlar о‘ziga xos sahna asarini kо‘rib, o’zgacha maroq olishdi, teatr aktyorlari bilan ijodiy suhbat uyushtirishdi. Ayniqsa, musiqali drama va komediya janrlarida yaratiladigan jonli spektakllarni ustida ishlash jarayoni, teatr muhiti bilan yaqindan tanishishdi. Yoshlarning kayfiyati a’lo bо‘lgani shubhasiz, mazkur madaniy hordiq ularning bilim olish jarayonlariga ham ijobiy ta’sir о‘tkazadi.

Maroqli tomosha
Institutning san’atsevar talaba-yoshlari muhtaram yurtboshimiz ilgari surgan tashabbuslarni qо‘llab-quvvatlagan holda, mana shunday ajoyib san’at asarlari bilan kо‘proq tanishib, amaliy jabhalarda о‘z iste’dodlarini namoyon etib borishlarini sо‘raymiz!

 

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti matbuot xizmati kotibi

image_pdfimage_print