MAGISTRLARNING ILMIY SALOHIYATI YOSH KADRLARNI TAYYORLASHDA MUHIM AHAMIYATGA EGA

MAGISTRLARNING ILMIY SALOHIYATI YOSH KADRLARNI TAYYORLASHDA MUHIM AHAMIYATGA EGA

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yuldashev hamda institutning 1 bosqich magistrantlari о‘rtasida о‘zaro ochiq va samimiy muloqot bо‘lib о‘tdi.
Uchrashuvda ta’lim jarayonidagi muammolar hamda amalga oshirilayotgan ishlar xususida fikr bildirilib, kelajakda qilinishi lozim bо‘lgan ishlar tо‘g‘risida suhbatlashildi.

MAGISTRLARNING ILMIY SALOHIYATI YOSH KADRLARNI TAYYORLASHDA MUHIM AHAMIYATGA EGA
– Institutimiz san’at va madaniyat ta’limi va ayni paytdagi yо‘nalishlarda respublikamizda yagona oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi, – dedi institut rektori. – Shu sababli bizda professor-о‘qituvchilar tarkibini shakllantirish uchun boshqa oliy ta’lim muassasalariga murojaat qilish imkoni yо‘q. О‘qituvchilar tarkibi aynan siz – magistratura bosqichida о‘qiyotgan talabalarga bog‘liq. Mana shu jihatga alohida e’tibor qaratgan holda sizlardan kelajakdagi faoliyatingizni chuqur qayta о‘ylab, о‘z bilim va mahoratlaringizni kelajakda institutimiz va mamlakatmiz rivoji uchun muhim bо‘lgan yosh kadrlarni tarbiyalashda sarf etishingizni sо‘rab qolaman.

MAGISTRLARNING ILMIY SALOHIYATI YOSH KADRLARNI TAYYORLASHDA MUHIM AHAMIYATGA EGA
Aytish joizki sо‘nggi bir yil ichida institutning 8 nafar professori fan doktori darajasiga erishdi. 17 nafar о‘qituvchi dotsent va professor unvonlarini qо‘lga kiritishdi. О‘z-о‘zidan ilmiy salohiyat hami о‘tgan yilgidan bir necha barobarga yuqorilab 44,7 foizga chiqdi.

MAGISTRLARNING ILMIY SALOHIYATI YOSH KADRLARNI TAYYORLASHDA MUHIM AHAMIYATGA EGA
Shuningdek suhbat davomida bugun prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan 5 tashabbus va ularning mazmun-mohiyatiga ham alohida tо‘xtalib о‘tildi.

О‘zDSMI Axborot xizmati

image_pdfimage_print