Madaniyat vazirligi Xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Shohruh Akbarov tomonidan talabalar uchun dars о‘tildi

Madaniyat vazirligi Xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Shohruh Akbarov tomonidan talabalar uchun dars о‘tildi
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Madaniyat vazirligi Xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Shohruh Akbarov tomonidan “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish, Ijtimoiy-madaniy faoliyat” ta’lim yо‘nalishi talabalari uchun dars о‘tildi.
Madaniyat vazirligi Xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Shohruh Akbarov tomonidan talabalar uchun dars о‘tildi
Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan dars jaryonida Xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Ushbu boshqarmaning faoliyati, diplomatiya, xalqaro madaniy aloqalar tо‘g‘risida, davlatlar о‘rtasidagi ikki tomonlama, kо‘p tomonlaman madaniy aloqalar tushunchalari haqida ma’lumotlar berildi. Shartnomalar tuzishdagi о‘ziga xos jihatlar, xalqaro tashkilotlarning madaniy aloqalarni rivojlantirishdagi о‘rni kabi mavzularda ma’ruza qilindi.
Madaniyat vazirligi Xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Shohruh Akbarov tomonidan talabalar uchun dars о‘tildi
Talabalar vazirlik vakili tomonidan о‘tkazilgan, ochiq muloqot tarzida kechgan mashg‘ulotda faol qatnashib, xalqaro madaniy aloqalar borasidagi о‘z bilimlari bilan о‘rtoqlashdilar. Shu kabi mashg‘ulotlarni Madaniyat vazirligi tasarrufidagi boshqa oliy ta’lim muassasalarida ham tashkil etish rejalashtirilgan.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print