Мadaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga tashrifi

Мadaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga tashrifi
О‘zbekiston Respublikasi Мadaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga tashrif buyurdi.
Avval xabar qilganimizdek, О‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 67 yilligi munosabati bilan institutda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, xalqaro ilmiy -amaliy konferensiya bо‘lib о‘tdi.

Мadaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga tashrifi

Shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Mangu osmon” spektakli yaratilib, tomoshabinlar e’tiboriga havola etilgan edi. Bugun esa shoir tavalludi munosabati bilan Muhammad Yusufning “Qora quyosh” dramatik dostoni asosida yaratilgan spektaklning namoyishi bо‘lib о‘tdi.
Мadaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga tashrifiМadaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga tashrifi
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ushbu sahna asarini tomosha qildi. Spektakl yakuniga yetgach, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshev Muhammad Yusuf hayoti va ijodini abadiylashtirish borasida institutda amalga oshirilayotgan ishlar, shoir tavalludi munosabati bilan ayni paytda qilingan va bundan keyin qilinishi lozim bо‘lgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Мadaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga tashrifi
Ozodbek Nazarbekov barcha rollarni institut о‘qituvchi va talabalari ijro etgan mazkur spektakl unga manzun bо‘lganligini aytdi. –“ Ijodiy jamoaning barchasi rollarni mahorat bilan ijro etdi”-dedi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov spektakl haqida о‘z fikrini bildirar ekan. – “Bu yerda chin iste’dod sohiblari tahsil olayotganligini kо‘rdim. О‘zbekiston teatr san’atining kelajagi, ertangi kuni sizning qо‘lingizda”.
Мadaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga tashrifi
Shundan keyin Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, vazir о‘rinbosari Olimjon Mirzayev, vazirlik vakillari bilan talabalar о‘rtasi muloqot bо‘lib о‘tdi. Faqat Madaniyat vazirligi mutasaddilari va talabalar ishtirokida ochiq muloqot asnosida kechgan uchrashuvda Madaniyat vaziri ta’lim sifatini yanada oshirish, onlayn ta’lim haqida talabalarning fikri bilan qiziqdi.
Мadaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga tashrifi
Talabalar tomonidan institut О‘quv teatrining byudjetini oshirish, madaniyat sohasi vakillari bazasini rivojlantirish, aholi о‘rtasida ekologik madaniyatni rivojlantirish, turli tanlovlarni kо‘paytirish, amaliyotlarni teatrlarda amalga oshirish singari mavzular bо‘yicha takliflar bildirildi.
–”Teatr sohasiga yangi qonunlarni, yangiliklarni kiritish kerak”, -dedi Ozodbek Nazarbekov talabalarning fikrlariga о‘z munosabatini bildirar ekan. – Sohaning iste’molchisi bо‘lgan tomoshabinning talabi о‘zgaryapti.
Мadaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga tashrifi
Demak, shunga kо‘ra, mahsulotni ham о‘zgartirishimiz kearak. Buni tezkor о‘zgarayotgan zamonning о‘zi taqozo etmoqda”.
Bahs-munozalar asnosida о‘tgan uchrashuvda talabalar tomonidan turli fikrlar bildirildi, kо‘plab takliflar aytildi. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov lozim topganlariga shu yerning о‘zida javoblar qaytardi. Qolgan talabalarning savol va takliflarini yozib olib, ularni qabuliga taklif qilishi va vazirlikda kо‘rib chiqilishini aytdi.
Sohaga aloqadar takliflarning ba’zilari yangi qonunlarni qabul qilish jarayonlarida e’tiborga olinishi, yangi loyihalarni amalga oshirishda qо‘llanilishini bildirdi.Uchrashuvda aytilgan takliflar, kо‘tarilgan masalalarning barchasi vazirlik e’tiborida bо‘lishi ta’kidlandi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print