MADANIYAT VA SAN’ATNING FIDOYISI

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida “Turkiy xalqlar teatr an’analari va zamonaviy teatrning dunyodagi modifikatsiyasi muammolari” mavzusida ilmiy-ijodiy konferensiya bо‘lib о‘tdi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori, san’atshunoslik fanlari nomzodi Temur Rashidov Ozarbayjon Respublikasi Ta’lim vazirligi tomonidan mazkur konferensiyaga taklif etildi hamda minbarda “Markaziy Osiyo teatr san’ati (zamonaviy va an’anaviy dialektika)” mavzusida ma’ruza о‘qidi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Shuningdek pedagog xalqaro forum doirasida Ozarbayjon davlat madaniyat va san’at institutida mahorat darslarini о‘tdi. Uchrashuv chog‘ida professor-о‘qituvchilar bilan xalqaro aloqalar, madaniyat va san’at sohalaridagi dolzarb masalalar, pedagogik ta’limda zamonaviy metodlarni qо‘llash usullari, ta’lim tizimi, talabalarning amaliyot grafigi, о‘qituvchilarning malaka oshirishi, ilmiy salohiyat, oliy ta’lim muassasalarining akademik mobil darajasi borasida qizg‘in bahs-munoazaralar bо‘lib о‘tdi. Kelgusida talabalarning ijodiy potensialini oshirish, diplom spektakllari festivallarini tashkil etish, mahorat darslari sonini oshirish kabi bir qator masalalarda 5 yillik muddatga shartnomalar imzolandi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Temur Rashidov Boku shahridagi M.A.R. xalqaro teatr festivalida ham ishtirok etdi. Mamlakatimizda bо‘layotgan islohotlar, ijodiy yangiliklar, madaniya va san’at sohasilarining taraqqiyoti, asriy an’analari, ilmiy-ijodiy yangiliklar borasida sо‘zladi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Temur Rashidov necha yillardan buyon estrada aktyorligi va rejissurasi fanlaridan saboq beradi, kо‘plab shogirdlarni yetishtirib, san’at fidoyisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Pedagogning xalqaro doiradagi yutuqlari ham oliy ta’lim muassasasi nufuzini yanada oshiradi.
Mana shunday unutilmas xalqaro aloqalar kо‘payaversin!

Kristina SAVCHENKO
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti о‘qituvchisi

image_pdfimage_print