MADANIY XORDIQ

MADANIY XORDIQ

Mamlakatimizda yoshlar tarbiyasi muhim va doimo e’tiborda turadi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ham yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bо‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, qolaversa, mamlakatimizda ichki turizm sohasini rivojlantirish borasida sanoqsiz ishlar amalga oshirilmoqda.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Sahna nutqi” kafedrasi о‘qituvchisi Avazbek Shomurodov boshchiligida 2-kurs “Folklor va etnografiya” ta’lim yо‘nalishi talabalari Toshkent viloyati Parkent tumani Kumushkon qishlog’iga safar uyushtirishdi.
Safar chog‘ida muqaddas qadamjo ziyorat qilindi, sо‘lim tabiat qо‘ynida davra suhbati uyushtirildi. Iste’dodli yoshlar folklor qо‘shiqlar, jonli aytimlar aytishib, kunni maroqli о‘tkazishdi.

MADANIY XORDIQ
Institutning yosh, serg‘ayrat talabalarining ona tabiat, bebaho qadamjolar bag‘ridagi mazkur madaniy hordiq safarlari ijodiy jarayonlarning samarasiga ham albatta hissa qо‘shajak. Talaba-yoshlarga ilg‘orlik va shijoat tilaymiz!

 

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti matbuot xizmati kotibi

image_pdfimage_print