MADANIY TADBIRKORLIK NIMA? XORIJLIK MUTAXASSISLAR TOMONIDAN AYNI SHU MAVZUDA TRENING TASHKIL ETILDI

MADANIY TADBIRKORLIK NIMA? XORIJLIK MUTAXASSISLAR TOMONIDAN AYNI SHU MAVZUDA TRENING TASHKIL ETILDI

Treningni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bilan hamkorlikda Buyuk Britaniyaning Goldsmit universiteti qoshidagi Kreativ va madaniy tadbirkorlik instituti professorlari Shaun Prime, Nikola Tyorner va Adrian de la Courtlar olib borishdi.

MADANIY TADBIRKORLIK NIMA? XORIJLIK MUTAXASSISLAR TOMONIDAN AYNI SHU MAVZUDA TRENING TASHKIL ETILDI
Mashg‘ulotlar ingliz tilida, “San’atda biznes modellashtirish”, “Kreativ tadbirkorlikda marketing” mavzularida san’at va madaniyat sohasida kreativ tadbirkorlik kо‘nikmalarini rivojlantirish, yangi g‘oyalarni amalga oshirish bо‘yicha biznes xaritalarni tuzishda yosh ijodkorlarda boy kо‘nikmalarni shakllantirish maqsadida о‘tkazildi.

MADANIY TADBIRKORLIK NIMA? XORIJLIK MUTAXASSISLAR TOMONIDAN AYNI SHU MAVZUDA TRENING TASHKIL ETILDI MADANIY TADBIRKORLIK NIMA? XORIJLIK MUTAXASSISLAR TOMONIDAN AYNI SHU MAVZUDA TRENING TASHKIL ETILDI
Ta’kidlash kerakki, Londonning qoq markazida joylashgan ushbu ta’lim muassasasi san’at va dizayn, ijtimoiy fanlarga ixtisoslashgan bо‘lib, sо‘nggi yillarda jahon oliy ta’lim muassasalari reytingida о‘z yо‘nalishi bо‘yicha 15 о‘rinda bormoqda. San’at va madaniyat ta’limidagi IQ bо‘yicha esa Qirollikda 4-, Yevropada 5- hamda jahonda 12- urinda turadi.

О‘zDSMI Axborot xizmati

image_pdfimage_print