Kuchli xotira bilan yorqin kelajak sari

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

“Inson hayotidagi vaqt nima, uning mohiyati nimada?” degan savollarga donolar shunday javob beradi: “Vaqt – gо‘yo hayot kiyimi tо‘qiladigan iplar bо‘lib, uning pishiq va nafisligiga qarab hayot aziz hamda bebaho bо‘ladi”. Agar iplar sifatsiz va tо‘zigan bо‘lsa hayot ham tuban, mazmunsiz kechadi. Vaqtning yana bir xususiyati – agar u о‘tib ketsa, qaytib kelmaydi. U inson sarf qiladigan asosiy sarmoyadir. Qanchalik kо‘p bо‘lsa ham ozdir. Barakali bо‘lsa, kо‘p. Shu bois ham inson о‘z hayotining har bir daqiqa va lahzasidan unumli hamda barakali foydalanib, uni yaxshi amallar qilishga sarflashi vojibdir.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Mnemonika orqali talabalarning eng qimmatli vaqtlari tejalibgina qolmay, ularning foydasiga ishlamoqda ham. Qanday qilib deysizmi? Unda sizni ham O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida haftaning har shanba kuni bо‘lib о‘tayotgan “We discover the brain’s abilities” nomli tо‘garagimizga taklif etamiz. Savol – bu tо‘garakda biz nimalarni о‘rganishimiz mumkin. Masalan, Axborotlarni qabul qilish tezligini oshirish va ularni uzoq muddatgacha eslab qolish kо‘nikmalarini hosil qilish, raqamli ma’lumotlarni eslab qolishni sodda uslublarini о‘rgatish, qisqa muddatda xorijiy tillarni samarali о‘rganish, nutq ustida ishlab, notiqlik mahoratini rivojlantirish, kitoblarni tez о‘qish usullarini о‘rganish, yuz ismlarni eslab qolish, kuzatuvchanlikni oshirish, Mind Mapping, ya’ni aql xaritasi yoki zamonaviy konspekt yaratishni о‘rganish shular jumlasidandir. Hozirgi kunda ushbu to’garak “Teatr san’ati” fakulteti 1-kurs “Qo’g’irchoq teatr rejissyorlariga” o’tilmoqda. Bundan ko’zlangan maqsad bo’lajak rejissyorlarning dunyoqarashini shakllantirish, ularning diqqat va tasavvur qobiliyatlarini oshirib borishdan iborat.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Ushbu tog‘arakda faol ishtirok etgan tengdoshlarga nisbatan eng yuqori natijalarni qayd etgan talabalarga “Mnemonistlar Federatsiyasi” ning maxsus guvohnomasi ham topshiriladi. Aziz tengdosim, vaqtingizni boy bermang va biz bilan bilim chо‘qqilarini zabt eting!!!

 

Ulug’bek MUSINOV

                                                                            “Qo’g’irchoq teatr aktyorligi”

mutaxassisligi 2-kurs magistranti

image_pdfimage_print