Korrupsiyaga qarshi kurashish bо‘yicha yig‘ilish

Korrupsiyaga qarshi kurashish bо‘yicha yig‘ilish

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida ushbu oliy о‘quv yurti rahbariyati, professor-о‘qituvchilari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish bо‘yicha yig‘ilish bо‘lib о‘tdi. Yig‘ilishni institutning Yoshlari ishlari bо‘yicha prorektori Eldor Shermonov olib bordi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bо‘yicha yig‘ilish
Tadbirda Mirzo Ulug‘bek tumani prokurori Farhod Bobonazarov, ushbu tuman prokuraturasi tergovchisi Davron Egamberdiyev, Mirzo Ulug‘bek tumani 5-sonli IIB boshlig‘i Nurbek Muhammedovlar ishtirok etishdi. Bugungi kunda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashish ustuvor vazifalardan biriga aylangan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bо‘yicha yig‘ilish
Shundan kelib chiqilgani holda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Quyi bug‘inlarda esa ushbu ishlar huquq-tartibot idoralari tomonidan amalga oshirilmoqda. Yig‘ilishda har bir kishi korrupsiyaga qarshi murosasiz bо‘lishi ta’kidlandi. Keltirilgan ma’lumotlarga kо‘ra, institutda korrupsion holatlarga qarshi kurashish maqsadida talabalar о‘rtasida sо‘rovnomalar о‘tkazilib kelinadi, alohida telegramm bot kanali tashkil qilingan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bо‘yicha yig‘ilish
Yig‘ilishda oliy ta’limning о‘quv jarayonlarida ushbu holatni oldini olish, uning kelib chiqishiga yо‘l qо‘ymaslik lozimligi ta’kidlandi.
Yaqinda oliy о‘quv yurtlariga 2021-2022 о‘quv yili uchun kirish imtihonlari boshlanadi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida esa joriy yilda abituriyentlar 16 ta yо‘nalish bо‘yicha ijodiy imtihon topshiradi. Mazkur jarayonlarni ochiq, haqqoniy, adolat mezonlari asosida tashkil etish maqsadida ijodiy imtihonlarda “О‘zbekiston xalq artisti”, “О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist”, “ О‘zbekiston Respublikasida xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimi”, “О‘zbekiston xalq hofizi” singari faxriy unvonlar sohiblari, yurtimizning taniqli madaniyat va san’at namoyondalari ishtirok etishadi.
Bundan tashqari Jamoatchilik kengashi tashkil etiladi. Ijodiy imtihon jarayonlari abituriyentlar javob berayotgan xonalardan institut hovlisidan tashqarida о‘rnatilgan televizorlarga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri ulanib, abituriyentning ota-onasi yoki qarindoshlari yaqinlarining berayotgan javoblarini rangli va ovozli tarzda shu paytning о‘zida kuzatib borish imkoniga ega bо‘lishadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bо‘yicha yig‘ilish
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga tashrif buyurgan huquq-tartibot idoralari vakillari tadbir doirasida ushbu oliy о‘quv yurtida talabalar huchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Bu yerda faoliyat olib borayotgan sport majmuasi, suv havzasini kо‘zdan kechirdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bо‘yicha yig‘ilish
”Milliy qо‘shiqchilik” kafedrasidagi ijodiy jarayonlarni kuzatishdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bо‘yicha yig‘ilish
Muhammad Yusuf nomi bilan ataluvchi kо‘shkda bо‘lib о‘tgan muloqot chog‘ida kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar borasida fikrlashib olindi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print