Kо‘ngillari ilmga oshufta talabalar uchun yana bir rag‘bat

Kо‘ngillari ilmga oshufta talabalar uchun yana bir rag‘bat
Bugun О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida talabalarning ma’naviy yetuk insonlar bо‘lib yetishishi uchun yana bir qulaylik yaratildi.
Kо‘ngillari ilmga oshufta talabalar uchun yana bir rag‘bat
Shu paytgacha institut Axborot resurs markaziga kitob о‘qishgakelgan talabalar institut rektori Ibrohim Yо‘ldoshevning tashabbusi bilan bir finjon kofe bilan siylanishi an’ana tusini olgan edi.
Kо‘ngillari ilmga oshufta talabalar uchun yana bir rag‘bat
Bugun esa ushbu udumga sodiq qolingani holda yana bir yangilikka qо‘l urildi. Aniqrog‘i, Ibrohim Yо‘ldoshevning tashabbusi bilan Axborot resurs markaziga 5 ta zamonaviy sport velosipedi sovg‘a qilindi.
Kо‘ngillari ilmga oshufta talabalar uchun yana bir rag‘bat
Endilikda ma’naviy yetuklikning in’ikosi bо‘lgan, eng kо‘p qitob о‘qigan talaba rag‘bat sifatida ushbu velosipedlarda institut hovlisida ma’lum bir muddat ichida sayr qilishi, aqliy mehnatdan keyin jismoniy mashg‘ulot bilan shug‘ullanishi imkoniga ega bо‘ldi.
Kо‘ngillari ilmga oshufta talabalar uchun yana bir rag‘bat
Sovg‘alarni topshirilishiga bag‘ishlangan tadbirda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshev, О‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Multimedia markazi xodimi Tо‘lqin Pо‘latov, institut vakillari oliy о‘quv yurti hovlisida ushbu zamonaviy velosipedlarda sayr qilib, ularning imkoniyatlarini sinovdan о‘tkazishdi.
Kо‘ngillari ilmga oshufta talabalar uchun yana bir rag‘bat
Ma’lumot о‘rnida aytish aytish mumkinki, ayni paytda institut Axborot resurs markazida 100 mingga yaqin bosma badiiy adabiyotlar hamda о‘quv qо‘llanmalari mavjud. Bundan tashqari 16 ming nomdagi elektron resurslar yaratilgan.
Kо‘ngillari ilmga oshufta talabalar uchun yana bir rag‘bat
ARM ga a’zo bо‘lgan kitobxonlar soni esa 3858 nafarni tashkil qiladi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print