“KLASSIK MUSIQA JILOSI”

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Yevropa madaniyati va san’ati professional ijro mahorati, yetuk ijodkorlar faoliyati ila asrlar bag‘rida yashab kelmoqda. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Kino, TV va radio san’ati” fakulteti “Vokal” kafedrasining jahonning yetuk kompozitorlari Frans Shubert va Lyudvig Van Betxoven ijodiga bag‘ishlangan “Klassik musiqa jilosi” nomli konsert lektoriy dasturi bо‘lib о‘tdi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Konsertda mahoratli pianist Aleksandr Movsesyans ijrosi yorqin asarlar bilan kо‘ngillarni zabt etdi. Dasturda “Ekspromt”, “Dvoynik” “Serenada”, “Lunnaya sonata” kabi betakror kompozitsiyalar ijro etildi. Lektor, pedagogik fanlari nomzodi, dotsent Sevar Malikova eng qiziqarli ma’lumotlarni keltirib о‘tdilar. Pianinoning sehrli ohangi, jonli kompozitsiyalar davomiy qarsaklar ostida qoldi.
Konsert yakunida musiqashunos olim, mahoratli pedagog, san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent Davlat Mullajonov sо‘zga chiqib, konsert lektoriyning yuqori saviyada о‘tganligi, mana shunday dasturlar yanada kо‘proq bо‘lishini tiladilar.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Haqiqatan, betakror jahon klassik musiqasi yosh mutaxassislarda professional mahorat shakllanishiga zamin yaratadi. Talaba-yoshlarning musiqiy bilimlarini oshirishda dasturilamal bо‘lib xizmat qiladi. Shubert va Betxoven yaratgan musiqiy kompozitsiyalar bir umrga qalbimizda qolsin!

 

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti matbuot kotibi

image_pdfimage_print