KITOBXONLIKKA SAFARBARLIK

KITOBXONLIKKA SAFARBARLIK

KITOBXONLIKKA SAFARBARLIK

Kitob о‘qiydigan, ma’naviyati yuksak insonning dunyoqarashi keng bо‘ladi. О‘zbekiston Respblikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yо‘lga qо‘yish bо‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surdilar. Shulardan Tо‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular о‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bо‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yо‘naltirilgan.

KITOBXONLIKKA SAFARBARLIK
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida mazkur tashabbus doirasidagi ishlar samarali tarzda amalga oshirilib kelinmoqda. Institut rektori, professor Ibrohim Yuldashev boshchiligida oliy ta’lim muassasasining Axborot resurs markazida “Kitob bilan kelajak sari! Kitob о‘qishga keling bir finjom bepul kofe iching!” mega aksiyasi strat oldi. Talabalar endilikda kutubxona hududida kitob о‘qish bilan bir qatorda bepul kofe ham ichadilar. Ma’naviy va madaniy hordiq nashidalari yorqin taassurotlarga aylanadi. Bilimga va ichimlikka tashnalik baravariga о‘z barhamini topadi.

KITOBXONLIKKA SAFARBARLIK
Rektor Ibrohim Yuldashev mazkur aksiya jarayoni bilan yaqindan tanishdilar. Tobora bilimga chanqoq, kitobsevar yoshlar auditoriyasi kengayib borayotganini ta’kidlab о‘tdilar. Bu esa yurtimizning yorqin taraqqiyotida muhim poydevor bо‘lishi shubhasiz.

KITOBXONLIKKA SAFARBARLIK
Tilagimiz “Kitob bilan kelajak sari! Kitob о‘qishga keling bir finjom bepul kofe iching!” mega aksiyasining natijalari a’lo darajada bо‘lsin.

 

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti matbuot xizmati kotibi

image_pdfimage_print