KITOB – KO’NGIL BULOG’I

KITOB - KO'NGIL BULOG'I

KITOB MUTOLAASI insonni ma’naviy kamolotga yetkazadi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda kitobxonalikka bо‘lgan e’tibor kundan kunga о‘sib bormoqda. Aziz yurtdoshlarimizning, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlod vakillarining ma’naviy yetukligi, badiiy tafakkurining boyligi ona О‘zbekistonimiz rivojiga hissa qо‘shadi.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Ibrohim Yuldashev boshchiligida oliy ta’lim muassasasida professor-о‘qituvchilar, ishchi-xodimlar, talaba-yoshlarni kitobxonlikka о‘rgatish, ularda mutolaa madaniyatini shakllantirish yuzasidan kо‘plab rejalar amalda qо‘llanilmoqda. Xususan, institutning 1-Talabalar turar joyida mudir Rufat Rasulov, xodim Husan Jumayev mas’ulligida maxsus kutubxona faoliyat yuritmoqda.

KITOB - KO'NGIL BULOG'I

Yotoqxonada yashaydigan talaba-yoshlar darsdan bо‘sh vaqtlarida, oqshom paytlari ham mazkur kutubxonadan bemalol foydalanishadi. Hozirda kutubxona fondida 870 dan ortiq turli kitoblar, 12 xilga yaqin gazeta, 10 xildan ortiq jurnallar saqlanadi. Ustiga ustak, auditoriyaga rektor tashabbusi bilan zamonaviy kompyuter jihozlari ham ajratildi. Endilikda talabalar elektron kitoblardan ham foydalanishlari, ilmiy-ijodiy faoliyat olib borishlari, dars mashg‘ulotlarini tayyorlashlari, bundan tashqari turli innovatsion loyihalar, kreativ dasturlar, nazariy va amaliy ishlanmalar yaratishlari mumkin.

KITOB - KO'NGIL BULOG'I
Kutubxona ozoda, tinch muhitda va muntazam ravishda ishlaydi, eng quvonarlisi, doim kitobsevar talabalar bilan gavjum. Ayniqsa, turli uchrashuvlar, talabalar ishtirokida qiziqarli debatlar, ustoz-shogird an’anasiga xos suhbatlar uyushtiriladi. Endilikda institut rektorining maxsus buyrug‘i asosida fondda saqlanayotgan kitob va jurnallar muntazam almashtirilib boriladi. Bu esa talabalarning kitobga bо‘lgan ehtiyojlarining barchasi tо‘la ta’minlanishidan dalolat.

KITOB - KO'NGIL BULOG'I KITOB - KO'NGIL BULOG'I
Kitob – kо‘ngil bulog‘i, ilhomlar sarchashmasi, barcha talaba-yoshlarga kitob о‘qishni va о‘zlari tanlagan sohada ma’nan yetuk mutaxassis bо‘lib yetishishlarini tilaymiz!

 

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti matbuot xizmati kotibi

image_pdfimage_print