KITOB BILAN KELAJAK SARI!

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

MUTOLAA MADANIYATI – TARAQQIYOT MEZONI

Shaxs ma’naviyati uni kamolotga eltuvchi bir yо‘l bо‘lsa, bu yо‘lda kitob chinakam hamroh bо‘ladi. Kitob qalblarga xuddi shamsdek ilm nurini sochadi, zulmatni charog‘on qiladi.
Necha yillardan buyon jahon tajribasida ham insonlarni kitob mutolaasiga bо‘lgan e’tibori va muhabbatini oshirishga qaratilgan kо‘plab voqealar bо‘lib о‘tgan. Fransiya Madaniyat vazirligi huzurida Kitob va mutolaa ishlari bо‘yicha boshqarma tashkil etilib, uning oldiga ijodkor tomonidan asar yaratilganidan boshlab, о‘quvchi qо‘liga yetib borgunicha bо‘lgan “kitob yо‘li”ni ochib berish vazifasi qо‘yilgan. Germaniyada 1988 yili Nemis mutolaa fondi tashkil etilib, u federal hududlar, iqtisodiy uyushmalar, korxonalar va jamoat tashkilotlari hamkorligida faoliyat yuritadi. Mutolaa inqirozini bartaraf etish borasida AQSH Kongressi Kutubxonasi tarkibidagi Kitob markazi tomonidan istiqbolli faoliyat olib boriladi. Buyuk Britaniyada “Opening the Book” kompaniyasi tashkil etilgan va hozirda ham muntazam faoliyat yuritadi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Zamonaviy texnologiyalarning rivoji borgan sari insonlarni, ayniqsa, yoshlarimizni kitobdan uzoqlashib borishiga sababchi bо‘lib qolmoqda. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yurtimizda kitobxonlikka safarbarlik, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, mutolaa madaniyatini oshirish borasida sanoqsiz ishlarni amalga oshirmoqda. Zero, ona xalqimizning kitobga mehr qо‘ygan yetuk allomalar, ulug‘ bobokalonlar yetishib chiqqan muqaddas zaminda yashayotgani kо‘ngillarni faxr-u iftixorga tо‘ldiradi.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Ibrohim Yuldashev tashabbusi bilan oliy ta’lim muassasasida professor-о‘qituvchilar va talaba-yoshlarni kitobxonlikka safarbar etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar tadriji kengayib bormoqda. Xususan, rektor boshchiligida institut Axborot resurs markaziga yangi badiiy, ilmiy kitoblar, turli о‘quv qо‘llanmalari va darsliklar olib kelindi. Shuningdek, ARMda “Kitob о‘qishga keling, bir finjom kofe iching” mega aksiyasi yо‘lga qо‘yildi. Bu talabalar uchun motivatsiya bо‘lib, ularni kutubxonadan foydalanishlari uchun yanada kengroq zamin yaratadi, qiziqishlarini oshiradi.
Institutning “Xalq ijodiyoti” fakulteti qoshida ochiq kutubxona markazi ishga tushdi. Endilikda professor-о‘qituvchilar va talabalar bemalol kitoblardan foydalanishlari mumkin, eng muhimi, kо‘ngillilar о‘zlari kutubxonaga turli kitoblar hadya etishadi.
Oliy ta’lim muassasasining har bir ta’lim yо‘nalishi talabalari uchun dars soatlaridan tashqari “Badiiy asar tahlili” nomli maxsus seminarlar qо‘yildi. Mazkur amaliy jarayon har haftada malakali ustozlar boshchiligida о‘tkazilib, sara о‘zbek va jahon klassik asarlari mutolaasiga bag‘ishlanadi.
Institutda talabalar intellektual salohiyalarini oshirish maqsadida talabalar turar joylarida kutubxonalar faoliyati yо‘lga qо‘yildi, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlandi. Shu bilan birga, kitobxonlik bilan bog‘liq turli kechalar, amaliy mashg‘ulotlar, ijodiy tanlovlar, brifinglar о‘tkazilib kelinadi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Hozirda О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida mamlakatimizda Maqom san’atini yanada rivojlantirish bо‘yicha ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Ibrohim Yuldashev tashabbusi bilan endilikda har oyning oxirgi payshanbasida “Milliy qо‘shiqchilik” kafedrasi bilan birgalikda an’anaviy “Maqom” kechasi bо‘lib о‘tadi. Mazkur jarayon muhtaram yurtboshimiz olib borayotgan ulkan islohotlarga munosib hissa bо‘lib qо‘shiladi. Shu bilan birga, talab-yoshlarda о‘zbek mumtoz ashulalariga bо‘lgan muhabbat ortib, ijodiy mahoratlari yanada charxlanadi.
Endilikda rektor tashabbusi bilan “Kitob bilan kelajak sari!” nomli tanlov e’lon qilinadi. Unda kо‘p badiiy mutolaa qilgan, intellektual va ilmiy salohiyatga ega kitobxonlar g‘olib bо‘lishadi. Tanlov uchta nominatsiya bо‘yicha о‘tkaziladi:
1. “Eng yaxshi kitobxon о‘qituvchi”
2. “Eng yaxshi kitobxon xodim”
3. “Eng yaxshi kitobxon talaba”
Institutning rektorat binosida “Kitob bilan kelajak sari!” markazi tashkil etiladi. Tanlov muntazam ravishda о‘tkazilib, kitobxonlar saralanib boriladi, tanlovning final bosqichi 2020 yil may oyida bо‘lib о‘tadi. G‘oliblar maxsus faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar. Barchani ushbu tanlovda faol bо‘lishga chorlab qolamiz! Tanlov bilan bog‘liq shartlar ijtimoiy tarmoqlarimizda muntazam ravishda e’lon qilib boriladi.
“Aql tarozusida о‘lchanib kо‘rilmagan har qanday bilim asossizdir”, degan edi buyuk donishmand Abu Ali ibn Sino. Biz ham kitob о‘qib, о‘z bilim va tafakkurimizni sinovdan о‘tkazaylik. Buyuk ajdodlarga munosib avlod sifatida ilmga bо‘lgan mehrimizni qalbimizda manguga muhrlaylik!

 

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti matbuot kotibi

image_pdfimage_print