Kino san’ati ta’limini integrasiyalash


O’zDSMI, “Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati” kafedrasi mudiri Iqbol Meliqo’ziyev tashabbusi bilan o’qituvchisi Otajon Dostonov “Umakaylik muallim” nomli hujjatli filmlini Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani Umakay qishlog’ida tasvirga olmoqda.

Amaliy jarayonlarga “Kino-teleoperatorlik”, “San’atda animatsiyaviy va multimediyaviy loyihalash” mutaxassislik talabalari S.Habibullayev, T.Mamatov jalb qilingan.

Tasvirga olish ishlari Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyatida olib borilishi rejalashtirilgan.


Yosh ijodkorlarning mazkur tashabbusi pedagogik faoliyatda nazariua va amaliyotni integratsiyalash yuzasidan kino san’ati ta’limini amaliy-ijodiy jarayonlarda yanada chuqurroq o’rganish, mahorat qirralarini oshirish uchun munosib izlanishlar bo’la oladi.

 

Мatbuot kotibi