KINO SAN'ATI ISTIQBOLLARI

KINO SAN’ATI ISTIQBOLLARI

О‘zbek milliy kino san’ati – yillar dovonidan о‘tgan, sanoqsiz qalblarni titratgan mohir ekran san’ati asarlari bilan tо‘la. Mustaqillik yillari mobaynida mazkur san’at sohasini yanada rivolantirish borasida tashlanayotgan qadamlarning soni cheksizdir.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining bir qator professor-о‘qituvchilari YUNESKOning О‘zbekistondagi maxsus hujjatli filmlar rivojiga bag‘ishlangan “О‘zbekistonda, Laosda va Ruanda kreativ sanoat hamda madaniyatni mustahkamlash” nomli maxsus treningda ishtirok etishdi.


Professor-о‘qituvchilar Iqbol Mediqо‘ziyev, Muzaffar Qoraboyev, Feruza Fayziyeva, Kamola Xidirova, Otajon Dostonov va boshqa bir qator iqtidorli talaba-yoshlar treningda faol ishtirok etishib, yurtimizda hujjatli kino taraqqiyotini oshirish, sohada yosh va malakali kadrlarni tayyorlash, hujjatli kinoning dramatik strukturasi, ovoz rejissurasi, operatorlik mahorati va boshqa kо‘plab masalalar borasida qiziqarli ma’lumotlarni olishdi. Polshalik kino mutaxassis Matsey Drigas boshchiligida mahorat darsi tashkil qilindi, qiziqarli debat, turli munozaralar ham bо‘lib о‘tdi.


Hujjatli kino – zamonlar osha yillar silsilasi, ulug‘vor portretlar hamda davrlar yaratgan buyuk va unutilmas voqeiliklar haqida sо‘zlaydi. Yurtimizda mazkur sohaning taraqqiyoti jahon maydonlarini zabt etar darajada yuksak bо‘lsin!

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti matbuot xizmati kotibi