KINO MUTAXASSISLAR TASHRIFI

KINO MUTAXASSISLAR TASHRIFI

Kino san’ati badiiy vizualligi, yorqin tasviri, betakror xarakterlar orqali inson qalbini hissiy larzaga soladi. О‘zbek milliy kinematografiyasini yanada rivojlantirish borasida kо‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga Yevropa kino ittifoqidan mutaxassislar tashrif buyurishdi. Institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо‘yicha prorektor Gо‘zal Xoliqulova hamda “Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati” kafedrasi mudiri Iqbol Meliqо‘ziyev boshchiligida mehmonlar iste’dodli talaba-yoshlarga mahorat darslarini о‘tishdi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Latviyalik kinorejissyor va operator Daynes Klaav mamlakatimizda о‘tkazilayotgan “Yevropa kino kunlari” doirasida iqtidorli talabalar uchun hujjatli filmlar rejissurasi, operatorlik mahorati, zamonaviy kinoprodyuserlik tendensiyalar, Yevropa kinosanoati borasida qiziqarli ma’lumotlarni keltirdilar.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

О‘zbekistonda Yevropa kino kunlari 24-25 oktabr kunlari Nukus shahrida о‘tkazilishi rejalashtirilgan. Yevropa kino delegatsiyasi tashrif buyurib, mazkur festival doirasida “Homo Sapiens” hujjatli kinokartinasini namoyish etadi. Shu bilan birga, xalqaro doiradagi konferensiya, brifinglar, uchrashuvlar, davra suhbutlari tashkil etiladi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Kinorejissyor Daynes Klaar mazkur festivalga iliq fikr bildirdi, о‘zbek filmlari jahon maydonlarini kо‘proq zabt etishiga tilak bildirib, iste’dodli talabalarga omadlar tiladi.

 

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
matbuot xizmati

image_pdfimage_print