“Katta Yalang‘och” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar о‘rtasida “Zakovat” intellektual о‘yini tashkil etildi

Bugungi kunda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tomonidan poytaxtimizdagi 10 ta mahalla о‘rtasida hamkorlik aloqalari yо‘lga qо‘yilgan.
“Katta Yalang‘och” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar о‘rtasida “Zakovat” intellektual о‘yini tashkil etildi
Shulardan biri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Katta Yalang‘och ota” mahalla fuqarolar yig‘inidir. Ayni paytda ushbu mahallada 4928 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Shuning 18 yoshdan 30 yoshgacha bо‘lganlari 500 dan ortiq. О‘g‘il-qizlarni har tomonlama qо‘llab-quvvatlash. Ularga yaqindan kо‘mak berish maqsadida institutning “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” kafedrasi professor-о‘qituvchilari tomonidan ushbu mahalla bilan hamkorlik yо‘lga qо‘yildi.Natijada mahalladagi qiziquvchi yoshlar uchun institutda faoliyat olib borayotgan 21 ta tugarak taqdim etildi.

Turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Ana shunday hamkorlik natijasida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, “Katta Yalang‘och” mahalla fuqarolar yig‘ini, Xalq demokratik partiyasi Mirzo Ulug‘bek tumani kengashi hamkorligida yoshlar о‘rtasida “Zakovat” intellektual о‘yini tashkil etildi.
“Katta Yalang‘och” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar о‘rtasida “Zakovat” intellektual о‘yini tashkil etildi
Maqsad о‘g‘il-qizlarning vaqtlarini mazmunli о‘tkazish, ularning intellektual salohiyatlarini yanada takomillashtirishga kо‘maklashish. Mazkur mahallada istiqomat qiladigan fuqarolar ishtirokida institutimizning “Madaniyat” hamda mahallaning “Turkiston” jamoalari о‘rtasida kechgan bellashuvlar о‘ziga xosligi bilan ajralib turdi.
“Katta Yalang‘och” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar о‘rtasida “Zakovat” intellektual о‘yini tashkil etildi
Intellektual о‘yinda nafaqat yoshlar, shuningdek mahallaning yoshi ulug‘ fuqarolari ham faol qatnashib, о‘z mahoratlarini namoyon etishga intilishdi.
“Katta Yalang‘och” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar о‘rtasida “Zakovat” intellektual о‘yini tashkil etildi
Bellashuvlar yakuniga kо‘ra, barcha ishtirokchilar, tadbirda qatnashgan hamda uni tashkil etishda faollik kо‘rsatganlarga sertifikat, tashakkurnoma, esdalik sovg‘alari topshirildi. Hamkorlar ana shunday tadbirlarni yana birgalik о‘tkazishga kelishib oldilar.Ma’lumotlarga kо‘ra, uning navbatdagisi yaqinda mahallada yangi kutubxonaning ochilish marosimi bо‘ladi.

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print