KATTA MAQSADLAR YO’LIDA

KATTA MAQSADLAR YO'LIDA

Bugun betakror О‘zbekistonimizda xalqaro aloqalar avjiga chiqmoqda. Ayniqsa, bu aloqalar mamlakatimiz taraqqiyotiga katta hissa qо‘shishi e’tiborga olinadi.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga Buyuk Britaniya kengashi direktor о‘rinbosari Jamila Gulyamova tashrif buyurdilar. Institut rektori, professor Ibrohim Yuldashev boshchiligida qizg‘in suhbat о‘tkazildi. Unda Buyuk Britaniya ta’lim tizimining “Creative Spark” dasturi bо‘yicha yangi takliflar о‘rtaga tashlandi. Dasturga muvofiq, institutdan malakali professor-о‘qituvchilar о‘quv kurslariga qatnashib, kelajakda о‘z olgan bilim vakо‘nikmalarini talaba-yoshlarga о‘rgatishadi.

KATTA MAQSADLAR YO'LIDA
“Creative Spark” Buyuk Britaniya tomonidan ishlab chiqilgan dastur hisoblanadi. Mazkur dastur 5 yildan buyon ishlab kelmoqda. Bizning yurtimizda esa bu yili ikkinchi yil hisoblanadi. Unga kо‘ra, Buyuk Britaniya bir qator mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan kreativ iqtisodiyot fani bо‘yicha zamonaviy bilim beriladi. Rо‘yxatdagi mamlakatlar qatorida О‘zbekiston ham о‘rin olgan.

KATTA MAQSADLAR YO'LIDA
Hozirda xususiy tadbirkorlik, ishlab chiqarish, moddiy-ma’naviy holatni yaxshilash, ijtimoiy darajani ijobiy tarafga kо‘tarish yuzasidan qator ishlar qilinmoqda. “Creative Spark” dasturi ham ana shunday ilg‘or g‘oyalarni ilgari surgan holda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti uchun ham katta maqsadlar eshigini ochadi. Rektor Ibrohim Yuldashev mazkur taklifni bajonidil qabul qilgan holda, endilikda hamkorlik aloqalari keng yо‘lga qо‘yilajagini ta’kidlab о‘tdilar. Kreativ iqtisodiyotni rektorimiz “aqlli tadbirkorlik” deya atadilar, mazkur ta’rif mehmon Jamila Gulyamovaga ham juda ma’qul keldi. Sababi kreativlikning eng muhim sharti aqlni ishlatib, yangicha g‘oyalar va yondashuvlar tizimini ishlab chiqish hisoblanadi. Umuman olganda, badiiy ijod va san’at sohasida kreativlikning о‘rni juda muhimdir.

KATTA MAQSADLAR YO'LIDA
Suhbat jarayonining natijasiga kо‘ra, oktabr oyi oxirigacha maxsus о‘qitiladigan professor-о‘qituvchilar guruhi shakllantiriladi, о‘quv kurslari noyabr oyi yakunida yо‘lga qо‘yiladi. О‘ylaymizki, malakali ustozlarimiz jahon tajribasini yanada chuqurroq о‘rganib, о‘zlarining pedagogik sohasida ham sanoqsiz yutuqlarga erishadilar.

KATTA MAQSADLAR YO'LIDA

Barchaga omadlar tilaymiz!

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti matbuot xizmati kotibi

image_pdfimage_print