JURNALISTIKA ISTIQBOLLARI

JURNALISTIKA ISTIQBOLLARI

Ijtimoiy madaniy hayotimizda ommaviy axborot vositalarining о‘rni va ahamiyati tobora о‘sib bormoqda. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasida “Inter news” xalqaro tashkilotining ommaviy axborot vositalari bо‘yicha maslahatchisi fransiyalik mutaxassis Nikolas Ebnoter bilan davra suhbati bо‘lib о‘tdi.

JURNALISTIKA ISTIQBOLLARI
Mazkur uchrashuvda kafedraning professor-о‘qituvchilari bilan bir qatorda jurnalistika sohasiga qiziquvchi iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Davra suhbatini kafedra mudiri Faxriddin Abduvohidov ochib berib, “Fransiya va О‘zbekiston о‘rtasidagi hamkorlik aloqalariga yangicha e’tibor masalalari”, shuningdek, bugungi ta’lim sohasidagi yangiliklar, ommaviy axborot vositalari faoliyati masalalari bilan bog‘liq yangiliklar haqida sо‘zlab о‘tdilar. Sо‘ngra, mehmon Nikolas Ebnoter “Xalqaro ommaviy axborot vositalari va jurnalistika muammolari” nomli ma’ruzasini о‘qidi, shuningdek, о‘zining jurnalistik faoliyati, yevro tajriba, xorijiy ta’lim sohasida olib borilayotgan innovatsion dasturlar borasida qiziqarli ma’lumotlarni keltirdilar. Talaba-yoshlar bilan qiziqarli suhbat asosida sohaning qiziqarli ma’lumotlari keltirildi. Jurnalistika istiqboli, san’atshunoslikda mazkur jarayonlarning о‘rni va rivoji, yoshlar tarbiyasidai muhim jihatlari ochib berildi. Shuningdek, xalqaro grantlar, stajirovka va mehnat shartnomalarini tasdiqlash haqida qiziqarli va kerakli faktlar о‘rtaga tashlandi.

JURNALISTIKA ISTIQBOLLARI
Eng asosiysi, tadbirdan sо‘ng, “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasi bilan о‘zaro ijodiy shartnomalar qilishga kelishildi.

JURNALISTIKA ISTIQBOLLARI

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti matbuot kotibi

image_pdfimage_print