ITEC DAY

O"zDSMI, ГИИКУз, dsmi.uz

Joriy yilning 11 oktabr kuni Xindiston elchixonasi tashabbusi bilan bо‘lib о‘tgan ITEC DAY tadbiri bо‘lib о‘tdi. Tadbirga О‘zDSMI “Tillar va adabiyot” kafedrasi о‘qituvchisi Aripova Gulnoza taklif etilgan edi. Tadbirda ITEC dasturi orqali Xindistonning turli davlatlariga borib malaka oshirgan tinglovchilar ishtirok etdi. Tinglovchilar Xindistonda olgan bilim va tajribalari bilan bо‘lishdilar. Aripova Gulnoza ham sо‘zga chiqib Xindistonda olgan bilim va tajribalari bilan bо‘lishdi va kelajakda san’at va madaniyat sohasida О‘zbekiston va Xindiston о‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlanishi bо‘yicha о‘z taklifini berdi. Tadbir sо‘ngida Aripova gulnoza bildirgan fikr va mulohazalari uchun Xindiston elchisi tomonidan taqdirlandi. Tadbir sо‘ngida О‘zbekistonlik tinglovchilarga xind taomlaridan yana bir bor iste’mol qilish, xind raqslarini tomosha qilish va xind musiqasini tinglash imkoni berildi.

ITEC DAY

“Tillar va adabiyot” kafedrasi
о‘qituvchisi 

G.Aripova

image_pdfimage_print