ISLOM – BAG’RIKENGLIK TIMSOLI

ISLOM - BAG'RIKENGLIK TIMSOLI

E’tiqod mustahkamligi inson uchun ulug‘vor qadriyat hisoblanadi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida talaba-yoshlar bilan “О‘zbekiston – millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik yurti” mavzusi ostida davra suhbati bо‘lib о‘tdi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI\dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI\dsmi.uz

О‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi о‘qituvchisi Zebo Qosimova, “О‘zbekiston – islom sivilizatsiyasi markazi” direktor о‘rinbosari Shoazim Minovarov, institut Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bо‘limi boshlig‘i Sayfulla Ikromov ishtirok etishib, talaba-yoshlar bilan din psixologiyasi, millatlararo totuvlik borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mamlakatimizda islom falsafasini о‘rganish, dinni kelajak avlodga tо‘g‘ri va chin talqinda yetkazish tamoyillari, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, “О‘zbekiston – islom sivilizatsiyasi markazi” faoliyati borasida qizg‘in suhbat bо‘lib о‘tdi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI\dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI\dsmi.uz

Shuningdek, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi farmoni yuzasidan ham ma’lumotlar keltirildi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI\dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI\dsmi.uz

Mazkur davra suhbatlari va ma’rifiy uchrashuvlar talaba-yoshlar ongida diniy-ma’rifiy tarbiyaning va turli yot g‘oyalarga qarshi immunitetning shakllanishiga olib keladi. Davra suhbati davomida talaba-yoshlar о‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat etishdi va kerakli bilimlarga ega bо‘lishdi.

 

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti matbuot kotibi

image_pdfimage_print