Islohotlarning amaldagi tadbiqi

Islohotlarning amaldagi tadbiqi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 23 avgustida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Prezident maktablari va ijod maktablari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning samaradorligini ta’minlovchi yangi tuzilma tashkil etilishi borasida nutq so‘zladi.
Mazkur yig‘ilishda pedagogika yo‘nalishida oliy o‘quv yurtlari faoliyatini tanqidiy o‘rganib, takomillashtirish, ularni eng nufuzli ta’lim muassasalariga aylantirish, pedagogik qobiliyatiga ega yoshlarni maqsadli tarbiyalab borish bo‘yicha qator vazifalar belgilandi.

Islohotlarning amaldagi tadbiqi
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Ibrohim Yuldashev kuni kecha mazkur islohotlar yuzasidan Surxondaryo viloyatining Malaka oshirish institutida maktab direktorlari o‘rinbosarlari, fizika, tarix, matematika, adabiyot va boshqa fan o‘qituvchilari bilan uchrashuvlar uyushtirdi. Shuningdek, yurtimizda ta’lim sifatini yanada oshirish, ilmli va malakali kadrlarni tayyorlash strategiyasi, ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, kitobxonlik va mutolaa madaniyati singari dolzarb masalalar borasida muhim fikrlar o‘rtaga tashlandi.

Islohotlarning amaldagi tadbiqi Islohotlarning amaldagi tadbiqi

Uchrashuvlardan ko‘zlangan asosiy maqsad yuqorida nazarda tutilgan qator vazifalarni bajarishda o‘zaro hamjihatlikni va faollikni ta’minlash, kelgusida ijobiy natijalarga erishish choralarini ko‘rish bo‘ldi. Uchrashuv yakunida yig‘ilganlar rektorga savol-javoblar bilan murojaat qilishdi. Qizg‘in suhbatlar bahs va munozaralar bilan boyidi. Mazkur amaliy jarayonlar 19 sentabrga qadar davom etadi.
Muhtaram yurtboshimiz tashabbusi bilan boshlangan ezgu maqsadlarga qaratilgan har bir islohotlarning zamirida ona Vatanimizning farovon va porloq kelajagi, yosh avlodning baxtli istiqboli va millat taraqqiyoti yotadi. Muhim tashabbuslarga barchamiz kamarbasta bo‘laylik!

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Dostonbek RAHMATULLAYEV
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti matbuot xizmati kotibi

image_pdfimage_print