ISLOHOTLAR YOSHLAR NIGOHIDA

ISLOHOTLAR YOSHLAR NIGOHIDA

O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutida “madaniyat va san`at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” sirtqi ta`lim yo`nalishi birinchi bosqich talabalari tomonidan yurtimizda ilm-fan, san`at va madaniyat sohalarida olib borilayotgan islohotlar hamda davlatimiz rahbari taklifi o`laroq bugungi hayotimizga ilgari surilgan 5 tashabbusning mazmun-mohiyatini, bu borada qilinayotgan ishlar ko`lamini yana bir bor e`tirof etish maqsadida “Prezident tashabbuslari darsi” nomli ochiq dars mashg`uloti o`tkazildi.

ISLOHOTLAR YOSHLAR NIGOHIDA
Tadbirda institut rektori Ibrohim Yuldashev, “Yoshlar ovozi” gazetasi bosh muharriri Faxriddin Karimov, professor-o`qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

ISLOHOTLAR YOSHLAR NIGOHIDA
Ochiq seminar mashg`ulotlari davomida talabalar tomonidan bugungi san`atimizda amalga oshirilayotgan ishlar, yangilanishlar, yoshlar o`rtasida kitobxonlik targ`iboti hamda O`zbekistonning barcha hududlaridagi madaniyat muassasalarining ayni paytdagi yangicha faoliyati xususida tayyorlangan taqdimotlar ishtirokchilar o`rtasida qizg`in muhokama qilindi.

ISLOHOTLAR YOSHLAR NIGOHIDAISLOHOTLAR YOSHLAR NIGOHIDA
Dars yakunida xalqimiz suygan san`atkorlar Ilyos Arabov hamda Alijon Ishoqovlar tomonidan kuylangan kuy-qo`shiqlar barchaning ko`ngliga iliq taassurot qoldirdi.

O`zDSMI Axborot xizmati

image_pdfimage_print