Iqtidorli talabalar – bizning faxrimiz!

Iqtidorli talabalar - bizning faxrimiz!

Izlanishlar va imkoniyatlar orzular chо‘qqisi sari yetaklaydi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining bilimga chanqoq, izlanuvchan talabalari Navoiy shahrida bо‘lib о‘tayotgan World youth conference 2019 anjumanida faol ishtirok etishmoqda.

Iqtidorli talabalar - bizning faxrimiz!
“Madaniyatshunoslik” mutaxassisligi 1-kurs magistranti Kamoliddin Umarov, “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” ta’lim yо‘nalishi 3-kurs talabasi Gulruh Yо‘ldosheva, “Teatrshunoslik” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabasi Aziza Mavlonova mazkur xalqaro konferensiyada faol ishtirok etishmoqda. О‘zlari tanlagan soha bо‘yicha dolzarb mavzu asosida yoritmoqchi bо‘lgan mavzularini xalqaro doirada yig‘ilgan anjumanda himoya qilishmoqda.

Iqtidorli talabalar - bizning faxrimiz!
World youth conference 2019 xalqaro konferensiyasi dunyoning yetakchi mamlakatlarida о‘tkazib kelinadi. Unda dunyo yoshlarini bir maqsad yо‘lida birlashtirish, intellektual va salohiyatli talabalarni qо‘llab-quvvatlash, mavjud qobiliyatlarini yuzaga chiqarish va rivojlantirish kabi konsepsiyalar muhim о‘rin tutadi. Bizning talabalar ham mazkur konferensiyada qatnashayotgani kо‘nglimizga faxr tuyg‘usini tо‘ldiradi.
Iqtidorli talabalar – bizning faxrimiz, ular о‘zlarining ilmiy-ijodiy faoliyati bilan ustozlar hurmatiga hurmat qо‘shajak! Barchaga muvaffaqiyat tilaymiz!

 

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti matbuot xizmati kotibi

image_pdfimage_print