“Intellektual mulk va mualliflik huquqlarini himoya qilishning muhim jihatlari” mavzusida onlayn ochiq dars tashkil etildi

“Intellektual mulk va mualliflik huquqlarini himoya qilishning muhim jihatlari” mavzusida onlayn ochiq dars tashkil etildi

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Britaniya Kengashining О‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda London Goldsmiths universiteti bilan hamkorlikda “Intellektual mulk va mualliflik huquqlarini himoya qilishning muhim jihatlari” mavzusida onlayn ochiq dars tashkil etildi.
“Intellektual mulk va mualliflik huquqlarini himoya qilishning muhim jihatlari” mavzusida onlayn ochiq dars tashkil etildi
Onlayn ochiq darsning asosiy maqsadi – О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish” ta’lim yо‘nalishi о‘quv rejasiga “Madaniyat va san’at sohasida kreativ tadbirkorlik” fani kiritilgan bо‘lib, talabalar uchun intellektual mulk va mualliflik huquqini himoya qilish sohasida ma’lumotlar berish hamda bu yо‘nalishda Buyuk Britaniya tajribasi bilan tanishtirish, xorijlik mutaxassis bilan aloqa о‘rnatish, madaniyat va san’at sohasida mualliflik huquqini himoya qilish bо‘yicha О‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar bо‘yicha ma’lumotlar berishdir.
“Intellektual mulk va mualliflik huquqlarini himoya qilishning muhim jihatlari” mavzusida onlayn ochiq dars tashkil etildi
Onlayn ochiq darsda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо‘yicha prorektori S.Jumayev, о‘quv ishlari bо‘yicha prorektor R.Ismoilov, о‘quv bо‘limi boshlig‘i A.О‘rozov, о‘quv bо‘limi xodimlari, Xalqaro bо‘lim boshlig‘i, institut ilmiy kotibi, “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” kafedrasi professor-о‘qituvchilari, Britaniya Kengashining О‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori о‘rinbosari J.Gulyamova, London Goldsmiths universiteti huzuridagi Madaniy va kreativ tadbirkorlik instituti direktori G.Lidstone, institut doktori Nikol Searle, Madaniyat vazirligi huzuridagi San’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish Palatasi boshqaruv raisi B.Toshev, Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi eksperti SH. Abdumalikov, talabalar, magistrlar va ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etishdi.
“Intellektual mulk va mualliflik huquqlarini himoya qilishning muhim jihatlari” mavzusida onlayn ochiq dars tashkil etildi
Onlayn ochiq darsda doktor Nikol xonim iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda intellektual mulk va mualliflik huquqini rivojiga katta e’tibor qaratilishi sabablari, ularning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilashdagi muhim jihatari, hamda uning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini oshishidagi о‘rni haqida ma’ruza qildi.
“Intellektual mulk va mualliflik huquqlarini himoya qilishning muhim jihatlari” mavzusida onlayn ochiq dars tashkil etildi
Vebinarda ishtirokchilar intellektual mulk va mualliflik huquqini muhofaza qilish borasida qimmatli ma’lumotlarga ega bо‘ldilar. Ishtirokchilar о‘zlari qiziqtirgan bir qator savollarga javoblar oldilar.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print